Sergelida Janubiy sanoat hududidagi yerni investorga 155 ming dollarga sotmoqchi bolgan shaxslar qolga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tumani bolimi xodimlari tomonidan Janubiy sanoat hududida tezkor tadbir otkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: DaryoTezkor tadbirda Sergeli tumani Janubiy sanoat hududidan O.P. MChJga investitsiya jalb qilib, ish orinlarini yaratish majburiyatlari yuklangan holda qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish uchun nol qiymatda ajratilgan umumiy maydoni 0,70 gektar bolgan yer uchastkasida jamiyat tasischisi X.N. va boshqalar hech qanday qurilish ishlarini olib bormasdan, balki firibgarlik yoli bilan 155 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtirib, kelishilgan summadan 10 000 AQSh dollarini fuqaro V.P.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shuningdek, ushbu holat yuzasidan otkazilgan tergovga qadar tekshiruvda O.P. MChJ tasischisi X.N. va boshqalar tomonidan olingan majburiyat bajarilmasdan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilganligi aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan O.P. MChJ tasischisi X.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari otkazilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0