Moskva shahri sobiq meri Yuriy Lujkov vafot etdi

Moskva shahrining sobiq meri Yuriy Lujkov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Foto: “TASS”Qayd etilishicha, Yuriy Lujkov Myunxendagi klinikalardan birida davolanayotgan edi. Uning yuragini operatsiya qilish rejalashtirilayotgan edi.Moskva shahrining amaldagi meri Sergey Sobyanin marhumning oila a’zolariga ta’ziya izhor etgan.Yuriy Lujkov 1992—2010-yillarda Moskva meri sifatida faoliyat yuritgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0