10-dekabr Inson huquqlari kuni

Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va huquqlarda teng bo'lib tugiladilar. 1948-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining ilk moddasi aynan shu sozlar bilan boshlanadi. Bu hujjat qabul qilingan kun har yili inson huqulari kuni sifatida nishonlanadi. Bu yil u qabul qilinganiga 71 yil toldi. Shu munosabat bilan Daryo kolumnisti Jahongir Ostonov inson huquqlari tarixi haqida soz yuritadi.Inson huquqlari otmishda ham himoya qilinganLekin hozirgiday tolaqonli emas. Asrlar otishi bilan huquqlar kengayib borgan, ularni himoya qilish ham yaxshilanib borgan. Franklin Delano Ruzveltning rafiqasi Eleanor Ruzvelt Inson huquqlari deklaratsiyasi bilan.Foto: ConectasKopchilik mutaxassislar insoniyat tarixidagi inson huquqlariga aloqador ilk hujjat sifatida fors podshosi Kir II miloddan avvalgi 539-yilda Bobil ustidan galabasidan keyin silindrga yozdirgan hujjatni tilga oladi. Bu noyob hujjat 1879-yilda Bobildagi qazishma ishlari vaqtida topilgan. 1971-yilda BMT uni barcha rasmiy tillariga tarjima qilgan. Hujjat fanda Kir II silindri deyiladi. Qadimgi akkad tilida yozilgan topilma bugungi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.Antik davrda ham inson huquqlari borasida bir qator yozma yodgorliklar vujudga keldi. Jumladan, Aristotelning Etikasi, Mark Avreliyning Oylari, Sitseronning Tuskulan suhbatlari asarlari, ayrim diniy matnlar, Sofoklning badiiy asarlari inson huquqlarining antik davrdagi mazmun-mohiyatini ochib beradi.Yevropa tarixidagi inson huquqlarini kafolatlovchi hujjatlar, mutaxassislarning fikricha, Milan ediktiga borib taqaladi. 313-yilda imperator Konstantin tomonidan ishlab chiqilgan ushbu hujjat nasroniylarga diniy erkinlik bergan.Islom olamida ham inson huquqlariga etibor eng hassos mavzulardan biri bolgan. Bu boradagi asosiy hujjatlar Quroni Karim va hadislardir. Jumladan, qulchilik avj olib ketgan zamonlarda islomda ilk bor qullarni ozod qilishga targib Quron oyatlarida aks etgan. Shuningdek, insonning eng asosiy huquqi bolmish yashash huquqi ham Quron orqali taminlangan. Moida surasining 32-oyatida aytiladi:Kimki biron jonni (oldirmagan) va yerda buzgunchilik qilib yurmagan odamni oldirsa, demak, goyo barcha odamlarni oldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (yani oldirishdan bosh tortsa yoki olimdan qutqarsa), demak u goyo barcha odamlarga hayot beribdi.Islomda gayridinlarning yashash huquqlari ham himoyalangan. Islom mamlakatlarida yashayotgan gayridinlarning yashash huquqi haqida hadis:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Kimki ahdlashgan kishini oldirsa, jannat hidini hidlamaydi. Vaholanki, uning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi (Buxoriy rivoyati).Islom davlatida yashaydigan, jizya tolaydigan gayridin muahid (ahdlashgan) hisoblanadi.Insonning yana bir muhim huquqlaridan biri ilm olishdir. Islomda bu huquq nafaqat taminlangan, balki vazifa qilib yuklatilgan. Bu haqda quyidagi hadis guvohlik beradi:Ilm talab qilish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir.Islomda farz qilinishi majbur bolgan amal hisoblanadi.XIII asrda Afrikada ham inson huquqlari borasida muhim hujjat, YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy boyliklari royxatiga kiritilgan, insonning qonun oldida tenglik prinsiplarini ilk bor namoyon etgan Menden xartiyasi vujudga keldi. XVXVI asrlarda Mali davlarida yirik musulmon qonunshunoslar ishlab chiqqan va keyinchalik inson huquqlari borasidagi zamonaviy deklaratsiyalarda ham foydalanilgan Tombuktu qolyozmalari paydo boldi.1215-yilda Buyuk Britaniyada qabul qilingan Buyuk erkinlik xartiyasi XVII asrdangina amalga kirdi va Styuartlar zulmiga qarshi asosiy hujjat sifatida ishlatila boshlandi. 1689-yilda qabul qilingan Huquqlar deklaratsiyasi (Bill of Rights) ingliz dunyosidagi hozirgi inson huquqlarining konseptual bazasi bolib xizmat qiladi.XVI asrda Amerika qitasi kashf etilishi bilan koplab afrikaliklarning Yangi dunyoga olib kelinishi inson huquqlari himoyasi borasidagi faollikni yuzaga keltirdi. Bunda ispaniyalik mashhur yozuvchi, tarixchi va missioner Bartolomey de Las Kasas, ayrim katolik cherkovi rohiblari va papalik muhim rol oynadi.Birinchi inson huquqlari deklaratsiyasiTarixdagi ilk inson huquqlari deklaratsiyasi 1776-yil 12-iyunda AQShning Virjiniya shtatida qabul qilingan. Uning muallifi Jorj Masondir. Hujjatning inglizcha nomi Bill of Rights.Ushbu hujjatdan 1776-yilgi AQSh Mustaqillik deklaratsiyasining inson huquqlari qismida juda keng foydalanilgan. Hujjat, shuningdek, boshqa koloniyalarning inson huquqlari deklaratsiyalari, Fransiya Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishida asosiy baza vazifasini otab bergan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0