Deputatlar yangi tahrirdagi soliq kodeksini qabul qildi

9-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida otkazilgan navbatdagi majlisda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir bir qator muhim masalalarni korib chiqdi. Bu haqda parlamentimatbuot xizmati xabar berdi. Foto: Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmatiMajlisda deputatlar etiboriga ikkinchi oqishda havola etilib, muhokama markazida bolgan dolzarb masalalardan biri Ozbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi boldi.Yangi soliq tizimini yaratishda tenglik, soddalik, aniqlik va samaradorlik kabi asosiy prinsiplarga asoslanildi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi togrisidagi qonun loyihasi joriy yilning 26-noyabrida deputatlar tomonidan birinchi oqishda konseptual jihatdan qabul qilingandi.Shu bilan birga, loyiha yuzasidan bir qator tashkilot va muassasalarda ham mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida muhokama hamda tahlillar otkazildi. Maqsad kodeks loyihasidagi har bir normaning amaliyotda togridan togri ishlashini taminlash, uning xalqchilligini oshirishdan iboratdir.Loyihada soliq tolovchilar hamda soliq organlarining huquq va majburiyatlari aniqlashtirildi. Soliq tekshiruvi turlari 13 dan 3 turgacha qisqarmoqda.Bundan tashqari, kiritilayotgan yangiliklarga kora ortiqcha undirilgan summalarga har bir otgan kuni uchun soliq organlari tomonidan soliq tolovchiga penya tolanadi. Xorijiy sayyohlar Ozbekistonda sotib olingan tovarlarga hisoblangan qoshimcha qiymat soligi (QQS) Tax free tamoyili asosida qaytariladi. Mulkni (xizmatlarni) begaraz ravishda topshirishda tolanadigan QQS bekor qilinmoqda. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bolgan korxonalar tomonidan tolanayotgan yagona ijtimoiy tolov 25 foizdan 12 foizga tushirilmoqda.Loyihada soliq organlari tomonidan soliq tolovchining bankdagi hisob varaqlari boyicha operatsiyalarni 30 kundan oshmagan muddatga toxtatib turish nazarda tutilmoqda.Shuningdek, soliq solish maqsadida barcha bitimlar va soliq tolovchi kirishadigan boshqa iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi usulidan qati nazar ozining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda hisobga olinishi boyicha yangi meyor kiritilmoqda.Soliq huquqbuzarliklariga yoq qoyayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qollash tartibi qayta korib chiqilmoqda.Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi ham aniqlashtirilmoqda. Yani soliq nizolarini sudgacha muhokama qilishni majburiy otkazish tartibini joriy etish kozda tutilmoqda.Muhokamalar chogida deputatlar tomonidan bir qator muhim fikr-mulohaza hamda takliflar ham bildirildi. Qizgin kechgan savol-javob va tortishuvlardan song loyiha ovozga qoyildi va Ozbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun qabul qilindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0