Majburiy obuna alomatlari: Buxoroda bogcha mudiralariga obuna boyicha reja berilib, nechta obuna bolishi belgilab qoyilgan

Ijtimoiy tarmoqlar, xususan,Telegram kanallarida Buxoro viloyatining Peshko tumanidagi maktabgacha talim tashkiloti rahbarlarining shikoyati elon qilindi. Unda yozilishicha, bogcha mudiralarini obuna qilishga majburlash holati kuzatilgan. Foto: DaryoTabiiyki, ushbu xabarni nafaqat Peshko tuman hokimligi, Buxoro viloyat maktabgacha talim boshqarmasi ham rad etgan. Ularning aytishicha, Peshkoda majburiy obunadan jabr korgan mudiralar topilmagan. Togri, biz Obuna-2020 kompaniyasi munosabati bilan jamiyat faoliyatiga daxldorligimizni anglagan holda ixtiyoriy ravishda hissa qoshishni istaganmiz, deydi viloyat maktabgacha talim boshqarmasi mutaxassisi Dilovar Boltayeva. Ammo hech kim obuna bolishga majburlanmagan. Obunadan jabr korgan mudiralar yoq.Malum bolishicha, 2019-yil 20-noyabr kuni viloyat hokimligida yigilish bolib otgan. Respublika, viloyat, shahar va tumanlarning davriy nashrlari uchun 2020-yilgi obunani tashkil etish masalalari togrisidagi yigilish bayoniga kora hokimlik tomonidan tavsiyaviy mazmundagi xat chiqarilib, obuna kampaniyasi boshlab yuborilgan.Viloyat hokimi tomonidan belgilab berilgan tavsiyaviy xatda nima deyilgani, qaysi nashrlar tavsiya qilingani bizga qorongi. Ammo bizni maktabgacha talim boshqarmasi mutasaddilari bogchalarga tavsiya qilayotgan nashrlarning maktabgacha talimga umuman aloqasi yoqligi taajjublantirdi. Viloyat hokimligi tomonidan berilgan tavsiyaviy xarakterdagi xatga asosan joriy yil 26-noyabr kuni rasmiy xat chiqardik, deydi viloyat maktabgacha talim boshqarmasi masuli. Unga kora respublika, viloyat, shahar va tumanlarning davriy nashrlari uchun 2020-yilgi obunani maktabgacha talim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablaglari hisobidan belgilangan tartibda tashkil etish tavsiya etildi. Foto: DaryoAniqlanishicha, boshqarma bogchalarga 17 nomdagi nashrni tavsiya qilgan.Ism-sharifining ochiqlanishini istamagan tumandagi maktabgacha talim tashkiloti xodimlaridan birining aytishicha, haqiqatan ham Xalq sozi, Pravda vostoka, Narodnoe slovo, Buxoronoma kabi gazetalarining obunasini tashkil etish boyicha rasmiy xatlar yetkazilgan. Biroq biz rasmiy xatda korsatilgan nashrlarga emas, balki bolalarbop nashrlarga obuna boldik. Rahbariyat tomonidan xatda ilova qilingan gazetalarga obuna bolish shartdir. Ammo ozimiz uchun kerakli nashrlarga obuna boldik. Hech qanday etiroz bolmadi, dedi u. Foto: Daryo Tumanimizda jami 40 ta maktabgacha talim tashkiloti mavjud. Hammasi ham har yili sohaga tegishli davriy nashrlarga obuna bolishadi, deydi Peshko tuman maktabgacha talim bolimi mudiri Muhabbat Abdullayeva. Gazetani, kitobni sevishgani uchun ham obuna bolishadi. Buni togri qabul qilish kerak. Birgina Maktabgacha talim metodikasi jurnalini olaylik. Rasmiy xat u yoqda tursin, unga obuna bolish uchun na tavsiya beramiz, na taklif. Bilimlarni oshirish uchun ozlari obuna bolishadi.Daryo muxbirining aniqlik kiritishicha, Peshko tumanidagi mavjud bogcha mudiralari viloyat maktabgacha talim boshqarmasi boshligi nomiga davriy nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna bolishayotgani togrisida tushuntirish xati yozgan.Qiziq, boshqarma boshligi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga raddiya berib, obuna ixtiyoriy deyapti-yu ammo qaysi nashrga nechta obuna bolish lozimligini belgilab beryapti. Qani bu yerda ixtiyoriylik. Reja belgilash, boz ustiga nechta obuna bolishini korsatib qoyish ixtiyoriylik belgisimi?Qolaversa, bogcha mudiralaridan obunani ixtiyoriy qilayotgani haqida tushuntirish xati olinishi judayam qiziq...

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0