Samarqandda aroqxor erini oldirgan 50 yoshli ayol 8 yilga qamaldi

Samarqandda ichkilikka ruju qoygan turmush ortogini oldirgan ayolgan nisbatan sud hukmi oqildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar berdi.Joriy yilning 8-avgust kuni soat taxminan 17:00 atrofida Jomboy tumani Samarqand mahallasida yashovchi S.Xoljigitov spirtli ichimlik tasirida mast bolgan holda yashash uyiga kelib, uyining oshxonasida turmush ortogi S.Sheykina bilan janjallashgan. S.Xoljigitov mazkur janjalni toxtatmoqchi bolgan qizi N.Xoljigitova bilan ham ogzaki aytishib, uni urmoqchi bolgan.Bu holatni korgan N.Xoljigitovaning nikohsiz turmush ortogi U.Fatkullin S.Xoljigitovni tinchlantirmoqchi bolgan. Bundan gazablangan S.Xoljigitov U.Fatkullinga ham yopishib, u bilan yoqalashgan holda xonadon hovlisiga chiqib, janjalni davom ettirgan.S.Sheykina turmush ortogi S.Xoljigitovdan yanada nafratlanib, uni hayotdan mahrum qilish orqali oldindan bolib kelayotgan nizolarga barham berishni rejalashtirgan. Shu maqsadda S.Sheykina turmush ortogi S.Xoljigitovni qasddan oldirishga qaratilgan maqsadini amalga oshirish uchun ikki dona oshxona pichogi bilan U.Fatkullin bilan ozaro yoqalashib turgan turmush ortogi S.Xoljigitovning ogir darajada mastligidan foydalanib, uni orqa tomonidan kelib tanasiga besh marotaba zarba bergan.U.Fatkullin S.Sheykinani zudlik bilan toxtatib, qolida bolgan pichoqlarni olib qoygan. S.Xoljigitovning hayotini saqlab qolish maqsadida U.Fatkullin tez tibbiy yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam yetib kelgunga qadar birinchi yordam korsatgan. Ammo S.Xoljigitov olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga yetib borgunga qadar vafot etgan.Jinoyat ishlari boyicha Samarqand viloyat sudining sudyasi Tolqin Qodirov malum qilishicha, sudlanuvchi S.Sheykina Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oldirish) 2-qismi v bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qollab, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0