Toshkentda 11 oy ichida samolyot bortida chekkani uchun 100 dan ortiq shaxs 42 million somdan ortiq jarima toladi

Toshkent shahrida samolyotlarda tamaki mahsulotlarini istemol qilgani uchun 101 nafar yolovchi mamuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni taminlash bosh boshqarmasi tergovchisi Nozim Gulomov Daryo muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga malum qildi. Foto: Total.kzQayd etilishicha, Toshkent shahri aeroportlardagi sodir etilgan huquqbuzarliklar boyicha olib borilgan tahlillar natijasiga kora yolovchilar tomonidan havo kemalarida ozini tutish qoidalarini buzish holatlari kop kuzatilgan.Jumladan, joriy yilning 11 oyi davomida samolyotlar bortida yolovchilar tomonidan 101 ta chekish holati qayd etilgan. Samolyotlarda tamaki mahsulotlarini istemol qilgani uchun 101 nafar yolovchilar Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 122-moddasi tamaki mahsulotini transportda belgilanmagan joylarda istemol qilishga asosan javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan 42,4 million som jarima qollanilgan.Gulomovning qoshimcha qilishicha, havo kemalarida ozini tutish qoidalarini buzish parvozlar xavfsizligini xavf ostiga qoyishi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olib yolovchilarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0