Bugun Nobel mukofoti egalariga topshiriladi

Har yilning 10-dekabr sanasida Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Nobel mukofotini egalariga tantanali topshirish marosimi otkaziladi. Bu haqda Daryo kolumnisti Muzaffar Qosimov hikoya qiladi.Mukofot tasischisi Alfred Nobel 1896-yilning aynan shu sanasida miyaga qon quyilishi tufayli vafot etgan edi. U 1895-yilning 27-noyabr kuni yozib qoldirgan va omma etiboriga 1897-yil yanvarida elon qilingan vasiyatga kora, har yili fizika, kimyo, tibbiyot va fiziologiya, adabiyot va tinchlik sohalarida katta ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar Shvetsiya qiroli va qirollik oilasi vakillari ishtirokida mukofotlanadi. Foto: AFPIlk bor Nobel mukofoti 1901-yilning xuddi shu sanasida egalariga topshirilgan. Oshanda Vilgelm Rentgen, Yakob Vant-Goff, Syulli Pryudom, Emil Bering, Anri Dyunan va Frederik Passi mukofotning birinchi sohiblariga aylangan edi.Bu yilgi Nobel egalari ham 10-dekabr sanasida Stokgolmda jam boladi. Asosiy tantanalar shahar ratushasida otkaziladi. Tinchlik boyicha mukofot esa ananaga muvofiq Norvegiya poytaxti Osloda, Norvegiya qiroli tomonidan beriladi.Mukofot egalari Stokgolmga bir necha kun avvalroq yetib keladi va ilmiy sohalari boyicha maxsus Nobel maruzalarini otkazadi. Xususan, 9-dekabr soat 00:45 da fizika boyicha joriy yilgi Nobel maruzasi, 03:05 da kimyo boyicha Nobel maruzasitogridan togri namoyish etildi. Shuningdek, marosim oldidan otkaziladigan ananaviy Nobel suhbatlari ham juda qiziq boladi. Unda olimlarning shaxsiy hayotiy prinsiplari, turli hodisalarga munosabati va boshqa masalalar haqida soz boradi.Asosiy marosim ratushaning moviy zalida bolib otadi. Avvaliga faxriy qorovul hamrohligida laureatlar zalga kirib keladi va joylarini egallaydi. Keyin esa Shvetsiya qiroli va malika, uning ortida esa taxt vorisi va uning turmush ortogi tashrif buyuradi.Marosimni Nobel qomitasi raisi kirish sozi bilan ochib, Nobel xotirasiga hurmat bajo keltiradi va qisqa nutq sozlaydi. Songra mukofot birma bir egalariga qirol tomonidan topshiriladi.Ratushada Shvetsiya simfonik orkestri alohida tayyorgarlik bilan maxsus ritmik zarbli musiqalar ijro etadi. Mukofotni yonalishlar boyicha topshirishlar orasidagi musiqali tanaffuslarda jahon klassikasining nodir namunalaridan ijro etadi. Qisqasini aytganda, marosim juda yuksak hashamat bilan tashkil etiladi va olimlarning ilmiy ishlari uchun munosib etiroflar yangraydi.Shu kunning ozida, kechki soat 19:00 da Nobel sohiblari va ularning yaqinlari uchun tantanali banket uyushtiriladi. Mukofot egalari orasida ayol kishi bolsa, shved qiroli ulardan birining qolini tutgan holda zalga kirib keladi. Ayol kishi bolmasa, biror laureatning ayoli ushbu vazifani bajarishi mumkin. Albatta, banket qirol hazrati oliylarining sharafiga qadah kotarish bilan boshlanadi. Bu sana Nobel vafot etgan sana ekani tufayli uning xotirasiga hurmat bajo keltiriladi.Nobel songgi nafasini olgan joy Italiyaning San-Remo shahri mamuriyati har yili marosim uchun Stokgolmga 23 mingta guldan iborat maxsus gulchambar yuboradi. Bu gullar Nobel mukofotini topshirish marosimlarini bezashda ishlatiladi. Odatda soat 22:15 da qirol hammani raqsga taklif etadi. Raqs va ball ratushaning oltin zalida bolib otadi. Bayram 11-dekabr soat 1:30 da tugaydi.Bir necha yillardan buyon Nobel mukofoti qomitasi mukofotni topshirish jarayoni va banketlarni YouTubega joylab kelmoqda. Bu yilgisini ham ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0