Xitoy hukumati maxsus lagerlarda qayta tayyorlangan musulmonlarning baxtli ekanligini aytmoqda

Xitoy rasmiylarining ma’lum qilishicha, maxsus lagerlarda qayta o‘qitilgan musulmonlar o‘zini baxtiyor his qilmoqda. Bu haqda Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi rahbari Shuhrat Zokirga tayanib, The Independent xabar bermoqda. Foto: ReutersRasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati tufayli uyg‘urlar ish topishi va o‘z hayoti sifatini yaxshilashi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy mahalliy musulmonlarni Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidagi lagerlarda siyosiy qayta tarbiyalash ishlarini davom ettiradi.Siyosatchining aytishicha, lagerlar hududida harakatlanish erkin, uyg‘urlar u yerdan har qanday vaqtda ketishi mumkin. O‘quv dasturini esa u oddiy va ochiq o‘quv trening sifatida tavsiflagan.Biroq uyg‘urlarning faollari bu bayonotlarni rad etmoqda. Qayd etilishicha, bu kabi lagerlarga olib ketilgan ba’zi uyg‘urlar bir necha yildan beri bedarak yo‘qolgan hisoblanadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0