Prezident byurokratiyani qisqartirish togrisida qaror imzoladi

Ozbekiston Prezidenti Byurokratik tosiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari togrisidagi qarorni imzoladi, deb xabar beradi OzA. Foto: UzReportUnga kora: 2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bolinmalariga 1-ilovaga muvofiq otkazilsin (hokimlarning ayrim vakolatlari olinib, vazirliklarning viloyatdagi boshqarmalariga beriladi); 2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yol qoyilmaydi; 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bolinmalari ortasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron korinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi; fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur qaror talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aniqlangan qoidabuzarliklarni keng yoritish tavsiya etilsin. Shuningdek, Davlat soliq qomitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini belgilangan tartibda elektron raqamli imzolar bilan taminlanadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0