Putin va Zeleskiy birinchi uchrashuvda asirlarni almashish boyicha kelishib oldi. Normand tortligi uchrashuvi qanday otdi?

Parijda Normand tortligiga kiruvchi davlat rahbarlarining (Vladimir Putin, Emmanuel Makron, Angela Merkel, Vladimir Zelenskiy) navbatdagi sammiti bolib otdi, deb xabar beradi Meduza. Foto: EPAUkraina sharqidagi mojarolarni tartibga solishga bagishlab 2016-yildan buyon birinchi marta yuqori doirada otkazilgan mazkur uchrashuv sakkiz soatga yaqin davom etdi. Muzokaralar aynan qay tarzda otishi haqida malumotlar bir necha bor ozgardi. Natijada, dastlab Putin va Zelenskiy yevropalik hamkasblari bilan alohida yuzma-yuz uchrashib, muzokara otkazdi. Shundan song, tort tomonlama muzokaralar boshlandi, oz navbatida Rossiya va Ukraina prezidentlari alohida gaplashib olishi uchun uchrashuv bir qancha vaqt tanaffus ham qildi.Uchrashuv davomida Mojaro hududidagi vaziyatni zudlik bilan barqarorlashtirish boyicha chora-tadbirlar, Minsk bitimida belgilangan siyosiy kelishuvlarni amalga oshirish boyicha chora-tadbirlar va Taklif mavzulari muhokama qilindi. Hujjat matniga kora, joriy yil oxiriga qadar Rossiya, Ukraina, shuningdek, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari qurolli mojarolar vaqtida qolga olingan barchaasirlarni bir-biriga qaytarishi kerak. Biroq Zelenskiyning matbuot anjumanida barchasi barchaga formulasi haqida aytgan bolsa, Putin belgilangan shaxslar ekanligini takidlab otgan.Shuningdek, 2020-yilning mart oyi oxiriga qadar Ukraina qoshinlari oz tomonidan va Donetsk va Lugansk kuchlari esa oz tomonidan yana qoshimcha uchta punkt ortga siljiydi. Butun front liniyasidan qurolli kuchlari olib ketish boyicha kelishuvga erishilmadi.Tomonlar Ukraina qanday sharoitda Rossiya bilan davlat chegasining nazoratini qaytarib olishi mumkinligiga ham aniqlik kiritilmadi. Putin bu Minks bitimidagi kelishuv boyicha, yani Donbassda saylovlar bolganidan song, amalga oshishini bildirgan. Zelenskiy esa ushbu shartga rozi emas.Uchrashuv davomida Qirm mavzusi umuman muhokama qilinmadi.Gaz boyicha ham muammolar hal etilmadi. Naftogaz kompaniyasi ijrochi direktori Yuriy Vitrenkoning aytishicha, tomonlar kelishuvlarni davom ettirishga kelishib olgan. Yil oxiriga qadar biror bir natijaga erishilmasa, 2020-yil 1-yanvardan Rossiya gazi Yevropaga yetkazib berilmaydi.Muzokaralar yakunida Zelenskiy Putin bilan ortasidagi vaziyat hozircha durrang ekanligini bildirgan. Bugun qandaydir yon bosishlar boldi, men buni sezdim. Hozircha togri diplomat qanday bolishi kerakligini bilmayman, chunki bu haqda endi gapirishni boshladi. Keling, yaxshisi vaziyatni durrang deb baholaymiz, deydi Ukraina prezidenti.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0