General Motors Rossiyadagi barcha zavodlarini sotib bo‘ldi

AQShning General Motors kompaniyasi o‘zining Rossiyadagi so‘nggi aktivini sotmoqda. “AvtoVAZ” kompaniyasi GM-Avtovaz qo‘shma korxonasidagi General Motors’ning 50 foiz ulushini sotib olmoqda. Xariddan so‘ng GM-Avtovaz to‘liq Rossiya kompaniyasiga aylanadi. Bu haqda “AvtoVAZ” kompaniyasi tomonidan ma’lum qilindi, deya xabar beradi Meduza. Foto: “Interfaks”Qayd etilishicha, qo‘shma korxonaga tegishli zavod ma’lum vaqt davomida Niva Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarishni davom ettiradi.Keyinchalik avtomobillar Lada brendi ostida ishlab chiqariladi, GM-Avtovaz kompaniyasining nomi esa o‘zgartiriladi.GM-Avtovaz Rossiya avtosanoatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi dastlabki korxonalardan biri bo‘lgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0