Ozbekiston havo yollari NamanganToshkent aviareysining soatlab ushlab turilganiga izoh berdi

Ozbekiston havo yollari aviakompaniyasi HY-095 aviareysi ertalab soat 8:00 dan beri yolovchilari bilan ushlab turilgani haqida berilgan xabarga munosabat bildirdi. Foto: Ozbekiston havo yollari aviakompaniyasi matbuot xizmatiUzbekistan Airwaysbayonotida jumladan shunday deyiladi:Namangan va Fargona xalqaro aeroportlari quyuq tuman tufayli havo kemalarini qabul qilish uchun yopiq edi, shu sababli kompaniyaning HY-620 MoskvaNamangan yonalishi boyicha 8-dekabrda parvoz qilgan Boeing 757 havo kemasi komandiri qarori bilan Toshkent aeroportiga soat 17:41 qondi.Namangan aeroportida ob-havo uzoq muddat yaxshilanmaganligi bois, yerusti transporti bilan manzilga yetib olishni istagan yolovchilarga, aviakompaniya qoidalariga muvofiq, Namanganga yetib olish uchun yol xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya tolab berildi.Yolovchilarga, jumladan, yuki kop bolganlarga, aviakompaniya tomonidan yakuniy manzilga eng yaqin qatnov bilan yetib olish taklifi berildi. 37 nafar yolovchi 9-dekabr, dushanba kuni soat 08:25 dagi HY-095 qatnovi bilan Namanganga yetib borishga rozilik bildirdi.Namangan aeroportida uzoq vaqt ob-havo ozgarmaganligi sababli HY-095 qatnov vaqti soat 10:00 ga, songra 12:00 va 14:00 ga kochirildi. Uchishni kutish vaqtida yolovchilar Toshkent aeroporti xalqaro yonalishlar terminalining kutish zaliga joylashtirildi, u yerda ularga ikki marta issiq ovqat kechki ovqat/ertalabki nonushta taqdim etildi. 9-dekabr kuni soat 07:00 da yolovchilar Namanganga uchish uchun yerusti transporti bilan mahalliy aviayonalishlar aerovokzaliga yetkazildi.Namangan aeroportida ob-havo yana yomonlashgani yolovchilarning samolyotda uzoq vaqt kutishiga sabab boldi. Bazi agressiv kayfiyatdagi yolovchilar holatni tushunmasdan, ob-havoga qaramasdan, tezroq Namanganga uchishni talab qildi. Namangan aeroporti ochilishi togrisida malumot olinishi bilan, havo kemasi komandiri uchishga qaror qildi va yolovchilar samolyotga taklif qilindi. Osha agressiv kayfiyatdagi yolovchilardan biri samolyot sahniga chiqgach, oz etirozlari bilan katta bort kuzatuvchisiga tashlandi. 5 nafar yolovchi, shu jumladan, katta bort kuzatuvchisiga tan jarohati yetkazgan yolovchi ayol aeroport militsiya liniyaviy bolimi vakillari tomonidan qatnovdan chetlashtirildi, bu holat ekipaj azosini almashtirishni talab etdi.Takidlash joizki, ushbu vaqt davomida Uzbekistan Airwaysrahbariyati va masul xodimlari aeroportda bolib, tushuntirish ishlari olib bordi va yolovchilar bilan togridan togri muloqotda boldi, yolovchilarga xizmat korsatish uchun barcha choralarni kordi.Uzbekistan Airwaysyolovchilardan uchish va qonish aeroportlarida qishki mavsumdagi yomon ob-havo sharoiti tufayli parvozlar jadvaliga kiritilayotgan ozgarishlarga tushungan holda yondoshishni soraydi, chunki parvozlar va yolovchilar xavfsizligi bizning eng muhim vazifalarimizdan hisoblanadi.Mavzuga doir:Ozbekiston havo yollarining bir necha qatnovlari tuman sababli kochirildi va bekor qilindiKompaniya HY620 VnukovoNamangan va HY-095 TashkentNamangan qatnovlari xronologiyasini ham rasmiy saytida chop etgan.Avval Ozbekiston havo yollarining HY-095 aviareysi ertalab soat 8:00 dan beri yolovchilari bilan ushlab turilgani, bortda soatlab qolib ketgan passajirlar orasida holsizlikdan hushidan ketganlar ham borligi, uchta tez yordam mashinasi kelgani, shuningdek, bort kuzatuvchilari samolyotni tark etganlarga aviachipta qiymati qoplanmasligini aytgani xabar qilingan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0