Yunusobodda quruvchilarning uquvsizligi tufayli minglab odamlar issiqlik energiyasisiz qolgan

9-dekabr, dushanba kuni soat 19:20 da Yunusobod tumani 13-mavze 47-uy yonida qurilish ishlari olib borilayotgan hududda quruvchi tashkilotning ehtiyotsizligi oqibatida 150 diametr kenglikdagi issiqlik quvuriga shikast yetkazilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. Foto: “Daryo”Avariya oqibatida tuman 13-mavzesidagi jami 14 ta ko‘p qavatli uyda (18, 20, 41, 43, 47, 48, 49, 50, 51, 52, 55, 65, 66,) issiqlik energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.Shahar hokimiyati mazkur avariyani bartaraf etish ishlari boshlab yuborilgani va olib borilayotgani, ehtiyotsizlik hamda quruvchilarning uquvsizligi oqibatida ro‘y bergan hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilgan. Matbuot xizmati xabarida yarim tunga qadar avariya barataf qilinishi va ko‘p qavatli uylardagi issiqlik energiyasi ta’minoti to‘liq ishga tushirilishi bildirilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0