Toshkentda tez tibbiy yordam xizmati brigadalari videokameralar bilan jihozlanadi

Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi Call-markazini ta’mirlash ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiMarkazning 80 nafar xodimini o‘qitish uchun treninglar tashkil qilindi. Ushbu dasturlar xodimlarning kompyuter savodxonligini oshirish, psixologik mashqlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.Shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish maqsadida 11,9 million dollarlik loyiha doirasida Ford rusumli 150 ta reanimobil mamlakatga yetkazildi. Ulardan 69 tasi Toshkentga ajratilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan barcha brigadalar maxsus dasturli planshetlar bilan ta’minlanadi.Bugungi kunda ikkita maxsus reanimobil videokameralar bilan jihozlangan bo‘lib, ular favqulodda holatlarda tez tibbiy yordam stansiyasi katta shifokori bilan bog‘lanish imkonini beradi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0