Yangi Zelandiyada vulqon otilishi oqibatida kamida besh nafar odam halok bo‘lgan (video)

Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon otilishi oqibatida kamida besh nafar fuqaro halok bo‘lgan. Bu haqda New Zealand Herald xabar berdi. Foto: YouTubePolitsiya ma’lumotiga ko‘ra, 18 nafar odam turli darajada kuygan va jarohat olgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar orasida xorijlik borligi xabar qilingan. Orolda qolgan odamlar sonining qancha ekani oshkor etilmagan.Those are some of the people put boat picked up. Praying for them and their recovery. Woman my mom tended to was in critical condition but seemed strong by the end.The helicopters on the island looked destroyed: pic.twitter.com/jds5QBD1yg— Michael Schade (@sch) December 9, 2019Avval Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern vulqon otilgan vaqtda uning yaqinida 100 nafar atrofida odam bo‘lgani va ularning turistlar ekanini ma’lum qilgandi. Keyinroq mahalliy hokimiyat vakillari vulqon otilgan vaqtda uning yaqinida taxminan 50 nafar fuqarolar bo‘lganini bildirgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0