Ozbekistonda avtokreditlar boyicha qarzdorlar soni 2,7 barobar kopaydi

Ozbekistonda 2019-yilning 1-iyul holatiga avtokreditlar boyicha 85 ming kishi qarzdor bolgan. Bu haqda Markaziy bank malumotlariga tayanib, Spot xabar berdi. Foto: SpotMalum qilinishicha, mazkur korsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan 2,9 martaga, 2017-yilga nisbatan esa 12 barobarga kop. Yopilmagan avtokreditlarning umumiy soni 4518 tani tashkil qilgan bolib, bu 2018-yildagiga nisbatan 2,7 marta, 2017-yilga nisbatan esa 19 marta koproqni tashkil qiladi.Avtokreditlar boyicha qarz yuki, yani kredit boyicha oylik tolovlarning qarz oluvchining oylik daromadiga nisbati 67,3 foiz holatda tavsiya etiladigan darajadan yuqori bolgan. Bu barcha kredit turlari ichida eng yuqori daraja hisoblanadi.Qarz oluvchilarning katta qismi, yani 30,5 foizi Toshkent shahriga togri keladi. Undan keyingi orinlardan Navoiy viloyati 7 foiz bilan va Toshkent viloyati 6,8 foiz bilan joylashgan. Avtokreditlarning ortacha foiz stavkasi 24 foizni, qarzni sondirishning ortacha muddati esa 3,4 yilni tashkil qiladi.Markaziy bank tomonidan qayd etilishicha, xalqaro tajriba bunday muammoli holatning xavfli ekanligini korsatadi. U aholining ijtimoiy-moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelishi mumkin.Shu munosabat bilan, aholining qarz yuki haddan ortiq oshib ketishining oldini olishga qaratilgan hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatga kora, jismoniy shaxsning qarz yuki korsatkichi 50 foizdan oshishi mumkin emas.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0