Toshkentda YPX inspektori tomonidan qurol ishlatilib qo‘lga olingan mast haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Joriy yilning 7-dekabrdan 8-dekabrga o‘tar kechasi Chilonzor tumanidagi Muqimiy va Baynalminal ko‘chalari kesishmasida Labo rusumli avtomobilni mast holda boshqarib, YTH sodir etgan va IIB xodimlariga pichoq bilan hujum qilgan haydovchini qo‘lga olish uchun IIB xodimlari tomonidan qurol ishlatilgani haqida xabar berilgan edi. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiMavzuga doir: Toshkentda YPX inspektori mast haydovchini ushlash uchun unga qarata o‘q uzishga majbur bo‘ldi (video)Toshkent shahar IIBB tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan 8-dekabr, yakshanba kuni haydovchi N.I.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0