Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilikda klaster tizimini yolga qoyish boyicha topshiriq berdi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-dekabr, dushanba kuni meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish, meva-sabzavotlar yetishtirish sifati va eksporti hajmini oshirish masalalari muhokamasiga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiAgrar sohada hosildorlik va mehnat unumdorligini yanada oshirish maqsadida Prezident farmoni bilan Ozbekiston Respublikasi qishloq xojaligini rivojlantirishning 20202030-yillarga moljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qoshilgan qiymat zanjirini yaratish, sohada ilgor texnologiyalarni qollash boyicha qator muhim chora-tadbirlar belgilandi. Foto: Prezident matbuot xizmatiQishloq xojaligi tarmoqlarida klaster tizimi yaxshi samara bermoqda. Xususan, shuning natijasida paxtachilikka yangi texnologiyalar kirib keldi, hosildorlik otgan yilgiga nisbatan 20-30 foizga kotarildi, moddiy manfaatdorlik oshdi. Joriy mavsumda paxta hosilining 73 foizi paxta-toqimachilik klasterlari hissasiga togri keldi.Mamlakat meva-sabzavotchilik tarmogi ham katta salohiyatga ega. Lekin bundan oqilona foydalanilmayapti. Foto: Prezident matbuot xizmatiStatistik malumotlarga kora, Ozbekistonda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtiriladi. Lekin, ularning bor-yogi 1,5 million tonnasi eksport qilinadi.Chunki tashqi bozorlarda raqobatbardosh bolgan mahsulot yetishtirilmayapti. Bog va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, xorijiy davlatlarda bir gektar intensiv bogdan 70-100 tonna, ayrim mevalardan 130 tonnagacha hosil olinsa, Ozbekistonda bir gektardan 10-30 tonna, ananaviy bog-tokzorlarda esa 4-5 tonna mahsulot olinadi. Foto: Prezident matbuot xizmatiMahsulotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish boyicha 31 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablaglar yetishmasligi va doimiy mahsulot yoqligi oqibatida ularning aksariyati mavsumiy ishlab, mavjud quvvatlardan bor-yogi 10-15 foiz foydalanmoqda, xolos.Marketing yoqligi, jahon bozoridagi holat organilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti. Dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar ortasida tizimli hamkorlik yolga qoyilmagan. Mirishkor ekinlarni oz bilganicha joylashtirib, yetishtirilgan mahsulotini sota olmayapti, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yuribdi. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy tasir etadi. Foto: Prezident matbuot xizmatiDavlat rahbari shu bois meva-sabzavotchilikda ham klaster tizimini yolga qoyish zarurligini takidladi. Sohada kop yillik tajribaga ega, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash infratuzilmasi bor tadbirkorlarni bunga jalb qilish yaxshi samara berishi qayd etildi.Mutasaddilarga mahsulot yetishtiruvchi bilan klaster korxonasi ortasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, ikki tomonning ham manfaatlarini taminlash boyicha topshiriqlar berildi.Dehqonlarga moddiy resurslar va avans mablaglarini oz vaqtida yetkazib berish, samaradorligi past bog-roglarni yangilash, hosildorlikni oshirish klasterlarning asosiy vazifasi bolishi kerakligi korsatib otildi.Xorijiy ekspertlarni jalb qilib, klaster tashabbuskorlari uchun qisqa muddatli oquv kurslari tashkil qilish, oz navbatida, klasterlar tomonidan fermerlar uchun ilgor texnologiyalarni qollash, eksportbop mahsulotlar yetishtirish va hosildorlikni oshirish boyicha amaliy seminarlar otkazish muhimligi takidlandi. Har bir viloyatdagi oliy talim muassasalarida ixtisoslashgan kafedralar tashkil etish yuzasidan korsatma berildi.Prezident klasterlar tashkil qilishda ularni aylanma mablaglar bilan taminlash masalasiga alohida etibor qaratdi. Faoliyatini yolga qoyib olguncha ularga moliyaviy komaklashish, xususan, Tadbirkorlik faoliyatini qollab-quvvatlash davlat jamgarmasi hisobidan zarur mablaglar ajratish choralari belgilandi.Klasterlar tomonidan tashkil qilinadigan intensiv bog, tokzor hamda issiqxonalarni aholi va tadbirkorlarga imtiyozli shartlar asosida berish, bog-roglar hosilga kirib, egasi daromad korguncha ularga kredit tolovlari boyicha yengillik yaratish muhimligi qayd etildi.Qishloq xojaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga har bir tumanda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi, turi, sifati va eksportbopligini chuqur tahlil etgan holda, ekinlarni diversifikatsiya qilish vazifasi qoyildi.Davlat rahbari bosh turgan yerlar, samarasiz bog va tokzorlar ornida hosildor plantatsiyalar tashkil etish, meva-sabzavotlarni eksportyorlar talabi asosida yetishtirish va eksportni kengaytirish asosiy vazifa bolishi zarurligini takidladi.Yigilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha mutasaddilari va viloyat hokimlari axborot berdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0