Namanganlik erkak Xitoydan mahsulot olib kelib berish bilan aldab, bir ayolning 20 ming dollarini ozlashtirdi

Namanganlik H.M. Xitoydan mahsulotlar olib kelib berishni aytib D.A.dan 20112015-yillar oraligida 27500 dollar olgan. H.M. ayoldan olingan pullarning 7200 dollarini qaytargan. Erkak holat boyicha qabul qilingan sud qaroridan norozi bolib, ijtimoiy tarmoqlarga videomurojaat joylagan. Oliy sud mazkur ish yuzasidan axborot berdi.Malum qilinishicha, javobgar H.M. manfaatdor D.A.ning ishonchiga kirib, unga Xitoydan mahsulot olib kelib berishini aytib, 20112013-yillarda jami 17000 dollar olgan. 2015-yilning aprel oyida esa erkak D.A.dan narxi 10 500 dollar bolgan Nexia 2 rusumli avtomashinasini besh oy muddatda pulini toliq tolash sharti bilan olgan.Shu tariqa H.M. fuqaro D.A.ning jami 27 500 dollarlik mulkini olib, ushbu mablagdan 7 200 dollarini qaytargan. Qolgan 20 300 dollar esa qaytarilmagan.H.M. ozining mazkur xatti-harakatlari orqali Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi a, b bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.Holat yuzasidan Namangan shahar IIB tergovchisi tomonidan 2019-yilning 30-iyun kuni ayblilik togrisidagi masalani hal qilmasdan turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi qarori qabul qilingan. Manfaatdor shaxs D.A.ga esa fuqarolik ishlari boyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.Javobgar H.M. jinoyat sodir qilgan bolsa-da, jinoiy javobgarlikka tortish muddati otib ketganligi sababli mazkur holat boyicha D.A. tomonidan davo arizasi bilan sudga murojaat qilingan. Manfaatdor tomonidan javobgar H.M.dan D.A.ning foydasiga 20 300 dollarni hal qiluv qarori qabul qilingan sanadagi somga nisbatan qiymatini undirib berish soralgan.Manfaatdor shaxs D.A. sudga qoshimcha davo ariza taqdim qilib, H.M.ning gayriqonuniy xatti-harakatlari oqibatida sogligi jiddiy yomonlashganligini, kop yillar mobaynida shaxsiy pullarini ololmay sarson bolib moddiy tomondan qiyin ahvolga tushib qolgani sababli manaviy zarar ham korganligini bildirib, javobgar H.M.dan ozining foydasiga 20 300 dollar hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan manaviy zarar hisobiga 30 million som undirib berishni soragan.Fuqarolik ishlari boyicha Namangan viloyat sudining 2019-yil 23-avgustdagi hal qiluv qarori bilan davo arizasi qisman qanoatlantirilib, javobgar H.M.dan davogar D.A.ning foydasiga 190,49 million som moddiy va yetkazilgan manaviy zarar uchun bir million som, jami 191,49 million som undirish belgilangan.Mazkur hal qiluv qarori bilan javobgar H.M.dan davlat foydasiga 7 619 808 som davlat boji undirish belgilangan.Fuqarolik ishlari boyicha Namangan viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2019-yil 14-noyabrdagi ajrimi bilan fuqarolik ishlari boyicha Namangan viloyat sudining yuqoridagi hal qiluv qarori ozgarishsiz qoldirilgan.Oliy sud H.M. mazkur qarorlardan norozi bolgan taqdirda yuqori turuvchi instansiya sudiga murojaat qilish huquqi borligi haqida malum qilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0