IIV: Mahkumlar ishlagan korxonalar 2019-yilning 11 oyi davomida 15 mlrd somdan ortiq daromad kordi

Mahkumlar ishlaydigan 40 ta davlat unitar korxonasida 2019-yilning 11 oyi davomida 66 turdagi 219 milliard somlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bu haqda 9-dekabr, dushanba kuni ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni mehnat bilan bandligini taminlash boyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida malum qilindi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri. Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiIIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan malumotlarga kora, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning mehnat bilan bandligini taminlash maqsadida 40 ta davlat unitar korxonasi tashkil etilgan. Korxonalarning 23 tasi ishlab chiqarishga, 17 tasi esa qishloq xojaligiga ixtisoslashgan.Joriy yilning 11 oyi davomida ushbu korxonalar tomonidan 219 millirad somlik 66 turdagi mahsulot ishlab chiqarilib, 15,2 milliard som daromad olindi. Yil yakuniga qadar davlat unitar korxonalarida 250 milliard somlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 20 milliard somdan ortiq daromad olish rejalashtirilgan.Mahkumlarni kasb-hunarga orgatish maqsadida xalq hunarmandchiligi va amaliy sanat yonalishi boyicha 18 nafar mutaxassis tomonidan 1285 nafar mahkumga kasb-hunar orgatish ishlari olib borilmoqda. Hunarmandchilik kurslarini tamomlagan 272 nafar mahkumga sertifikat berilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0