Ozbekistondagi mahkumlarning ortacha oylik ish haqi miqdori malum qilindi

Ozbekistonda mahkumlar topgan daromadlaridan 2019-yilning 11 oyi davomida oz oilalariga jami 16,5 milliard som jonatgan. Bu haqda 9-dekabr, dushanba kuni IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligining orinbosari, Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi boshligi Sharofiddinxoja Usmonov jurnalistlar bilan bolib otgan ochiq muloqotda aytib otdi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri Musulmonbek Ibrohimov. Sharofiddinxoja UsmonovFoto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni mehnat bilan bandligini taminlash boyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bolib otdi.Ozbekistonda mahkumlarning ortacha oylik ish haqi qancha ekanligi haqidagi savolga polkovnik Sharofiddinxoja Usmonov javob berar ekan, mahbuslarning ortacha oylik ish haqi bir million somgacha yetganini aytib otdi.Mahkumlar topgan daromadlaridan oz oilalariga jami 16,5 millard som jonatdi.Tizimdagi davlat unitar korxonalariga zamonaviy texnologiyalarni olib kelish yuzasidan 6,4 million dollar imtiyozli kredit mablaglari ozlashtirildi.Kredit mablaglari hisobidan 7 ta ishlab chiqarish tarmogi, 2 ta zamonaviy issiqxona tashkil etish hamda 6 ta maxsus texnika vositasini xarid qilish rejalashtirilgan. Xorijidan zamonaviy texnologiyalarni olib kelish maqsadida Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya kompaniyalari bilan shartnomalar imzolangan.Joriy yilning 11 oyi mobaynida jazoni ijro etish tizimida ishlab chiqarish quvvatini oshirish natijasida 3 231 ta yangi ish orni yaratilib, qoshimcha 3 995 nafar mahkumning bandligi taminlangan. Jami mehnatga layoqatli mahkumlarning 88 foizi mehnatga jalb etilgan.Sharofiddinxoja Usmonov, IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligining orinbosari, Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi boshligi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0