2019-yilda AQSh vizasini soragan ozbekistonliklarning qariyb 70 foizi rad javobini oldi

AQSh davlat departamenti 2019-yilda vaqtincha sayyohlik va xizmat safarlari uchun B toifasidagi viza olishni soragan Ozbekiston fuqarolarining 68,06 foiziga rad javobini berdi. Bu haqda tashkilotning hisobotidan malum boldi. Foto: Google ImagesOzbekistonga berilgan rad javoblari soni Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng kopi hisoblanadi. Otgan yil bilan taqqoslaganda, ozbekistonliklarga berilgan rad javoblari soni 6 foizga kopaygan.2019-yilda ikkinchi orindan Qirgiziston fuqarolari 67,75 foiz bilanjoy olgan. Viza soragan Tojikiston fuqarolarining 60,97 foizi rad javobini olgan bolsa, Turkmaniston fuqarolari uchun bu korsatkich 56,26 foizni tashkil etgan. Rad javoblari boyicha eng past korsatkich Qozogistonga tegishli bolib, mazkur mamlakatdan viza soraganlarning 42,58 foiziga rad javobi berilgan.Rad javobi olish boyicha Ozbekistondan kora yomonroq korsatkich yettita mamlakatda qayd etilgan. Ularning qatorida Yaman (78 foiz), Somali (81 foiz), Eron (87 foiz), Liviya (89 foiz), KXDR (100 foiz), Mikroneziya federativ shtatlari (100 foiz) va Palau (100 foiz) orin olgan.Rad javoblari boyicha eng past korsatkichlar Papua-Yangi Gvineya (1,74 foiz), Solomon orollari (2,2 foiz), Polsha (2,76 foiz) va Kiprda (2,78 foiz) qayd etilgan. Lixtenshteyn fuqarolari esa umuman rad javobi olmagan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0