Qishloq qurilish bank Fargona viloyatiga press-tur uyushtirdi

Aksiyadorlik-tijorat Qishloq qurilish bank jurnalistlar uchun navbatdagi press-turni Fargona viloyatiga uyushtirdi. Unda 20 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Foto: Qishloq qurilish bankViloyatda ayni vaqtda Qishloq qurilish bankning Fargona mintaqaviy filiali, Qoqon, Margilon, Quva filiallari mijozlarga xizmatlar korsatmoqda. Press-tur doirasida jurnalistlarga viloyatdagi bank tuzilmalari erishayotgan iqtisodiy korsatkichlar haqida malumot berildi. Unda xizmatlar kolami va bank mijozlari soni muttasil kengayib borayotgani qayd etildi. Foto: Qishloq qurilish bankIshtirokchilar Fargona viloyatida bank moliyaviy komagida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan tanishdilar.Dastlabki manzil Quvasoy shahri xududida faoliyat yuritayotgan Agro servise asia masuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoshma korxona boldi. Bankning mazkur mijozi muzlatgich omborxonasi faoliyatini yolga qoyish va issiqxona qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 4,6 mln. AQSh dollari bolib, shundan 2,6 million. AQSh dollarini Qishloq qurilish bank tomonidan yonaltirilgan kredit tashkil qiladi. Bank sarmoyasi hisobiga zamonaviy issiqxona barpo etilmoqda. Tashkil qilingan muzlatgich omborxonasidan yiliga 1 mlrd. 800 mln. somlik daromad olish, issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlarni esa Rossiya Federatsiyasiga eksport qilish kozda tutilgan. Loyiha doirasida jami 60 ta doimiy va 150 ta mavsumiy ish orni yaratiladi. Foto: Qishloq qurilish bankJurnalistlar Toshloq tumanidagi Vodiy Zamin Plast MChJ faoliyati bilan tanishdilar. Korxona plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha uchun bank tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratilgan. Kredit mablaglari hisobidan zamonaviy plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari olib kelib ornatilgan. Korxona yiliga 1 mlrd. 500 mln. somlik mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlarjurnalistlarda katta qiziqish uygotdi. Foto: Qishloq qurilish bankJoriy yilda Fargona viloyatida 230 ta uy-joy qurilishi Qishloq qurilish bank tomonidan moliyalashtirilmoqda. Qurilayotgan uy-joylarning 204 tasi energiya tejamkor uylar hisoblanadi. Bunday uylarda ishlatiladigan barcha energiya tejovchi yechimlardan foydalanishdan tashqari yoruglik ehtiyojlarinienergiya bilan taminlash uchun fotoelektrik quyosh panellari ornatilmoqda. Eng muhimi, bu uskunalar ornatilishi bilan bogliq xarajatlar Qishloq qurilish bank hamkorlari tomonidan ajratilgan grant mablaglari hisobidan qoplanmoqda.Ommaviy axborot vositalari vakillari Oltiariq tumani Qapchugay massivida namunaviy loyihalar asosida qurilgan arzon va energiya tejamkor uy-joylarga tashrif buyurib, xonadon sohiblari bilan suhbatlashdilar. Foto: Qishloq qurilish bankDangara tumanidagi Urojay Vostoka MChJning issiqxona tashkil etish loyihasi bilan ham tanishildi. Mazkur loyiha qiymati 44 milliard som bolib, Qishloq qurilish bank filiali tomonidan 4 million AQSh dollari kredit ajratilgan. Korxona yil davomida 6 milliard somlik mahsulot yetishtirishni va xorijga eksport qilishni rejalashtirgan. Eng muhimi, loyiha orqali 70 ta doimiy ish orni yaratiladi. Foto: Qishloq qurilish bankQoqon iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan Glorious Busines MChJning velosiped va uning ehtiyot qismlari ishlab chiqarish loyihasi ham katta qiziqishga sabab boldi. Loyiha uchun 300 million som miqdorida bank krediti yonaltirilgan. Natijada 50 ta doimiy ish orni tashkil qilingan. Foto: Qishloq qurilish bankPress-tur ishtirokchilari Qishloq qurilish bank Qoqon filiali yangi binosining ochilish marosimida ham ishtirok etdilar. Filial zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan. 24/7 rejimida ishlaydigan oz-oziga xizmat korsatish shahobchasi ham qurilgan. Jurnalistlar Qoqon filialida mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar va mijozlar bilan suhbatlashdilar.Bunday press-turlar respublikaning boshqa hududlariga ham rejalashtirilmoqda.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0