Ronaldu “Real”ni tark etganidan afsusdaligi ma’lum bo‘ldi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”ni tark etganiga afsus chekmoqda, deya xabar qilmoqda ABC. Foto: Yandex PhotosTa’kidlanishicha, Ronaldu sobiq jamoadoshlari bilan bo‘lgan suhbatda bu haqda aytib o‘tgan. Uning fikricha, agar “Real”da qolganida yana ikkita “Oltin to‘p” sovriniga ega chiqqan bo‘lardi.Portugaliyalik futbolchi 2018-yilning yozida “Real”dan turinliklar safiga o‘tgandi. O‘sha yili “Oltin to‘p”ga madridliklar yarim himoyachisi Luka Modrich ega chiqdi, 2019-yilgi sovrin esa “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz