Toshkentda 15-dekabrdan ishonchli va arzon oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt bozorlarida Ozbekoziqovqatxoldingning oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi. Foto: DaryoYangi yil arafasida istemol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishi tufayli olibsotarlar tomonidan narxlarni suniy oshirib yuborishi holatlari uchrab turadi. Yana bir xavotirimiz ishlab chiqarish manbasi nomalum bolgan, inson sogligiga xavf tugdiruvchi sifatsiz, kontrafakt va kontrabanda mahsulotlarning bozor rastalaridan joy olishi bilan bogliq.Mana shunday holatlarning oldini olish, Yangi yil arafasida poytaxtimizdagi istemol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini taminlash maqsadida 15-dekabrdan Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida Ozbekoziqovqatxolding kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan oziq ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi, deyiladi xabarda.Oziq-ovqat yarmarkalari poytaxtning eng yirik bozorlari bolmish Qoyliq (Bektemir tumani), Sergili (Sergili tumani), Aviasozlar (Yashnobod tumani), Qoraqamish (Olmazor tumani), Navroz (Mirzo Ulugbek tumani), Yunusobod (Yunusobod tumani), Beshyogoch bozori Qozrabot filiali (Chilonzor tumani), Askiya (Yakkasaroy tumani), Farhod (Uchtepa tumani), Eski jova (Shayxontohur tumani), Mirobod ( Mirobod tumani) hamda Oloy (Yunusobod tumani) bozorlarida tashkil etilmoqda.Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va istemol uchun xavfsiz bolgan gosht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0