Bosh vazir Sergelida qurilayotgan uylar narxini maksimal darajada kamaytirish boyicha topshiriq berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Sergeli tumanida yangi qurilgan uylarning narxi oshgani va ushbu holat mahalliy aholining noroziligiga sabab bolgani haqida turli xabar va videolar tarqalmoqda, deb yozadi OzA. Foto: DaryoOzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari Sergeli tumaniga kelib, aholi bilan uchrashdi.Prezident topshirigiga binoan Bosh vazir mazkur uylarda yashaydigan fuqarolar bilan uchrashdi, ularning savollariga javob berdi. Yigilishda uylar qurilishidagi kamchiliklarni aniqlash va joyning ozida bartaraf etish hamda uylar narxlarini mumkin qadar pasaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boyicha komissiyalar tuzildi, deyiladi xabarda.Bosh vazir davlat qurilayotgan binolar sifatini taminlashga majbur ekanini qayd etdi va bu masalaning hal etilishiga ishonch bildirdi. Ayni paytda hukumat raisi, shuningdek, qurilish materiallari importi qimmatlashgani sababli dastlabki narxga qaytishning iloji yoqligini ochiq malum qildi.Vazirlar Mahkamasi rahbari narxlarni oshirish darajasini minimallashtirish uchun qurilayotgan uylar arzon bolishi kerakligini hisobga olgan holda barcha xarajatlar boyicha parametrlarni qayta korib chiqish lozimligini takidladi. Bosh vazirning sozlari uy egalari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi, deyiladi xabarda.Bosh vazir Sergelida qurilayotgan uylar narxini maksimal darajada kamaytirish boyicha topshiriq berdi. Shunday qilib, Sergeli tumani hokimligida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida fuqarolar qabuli tashkil etildi.Respublika komissiyasi xulosasi asosida qayta korib chiqilgan xonadon narxlari boyicha ochiq, oshkora hisobot berildi. Qurilish vaziri rahbarligidagi komissiya qurilishdagi kamchiliklarni uyma-uy, xonadonma-xonadon yurib organdi va aniqlangan kamchiliklarni qurilish tashkilotlari bilan birga joyning ozida bartaraf etish choralarini kordi.Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan barcha ishlar sifatli bajarilishini taminlash maqsadida ushbu uylarda yashovchi fuqarolar Ombudsman, Nuroniy jamgarmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, xotin-qizlar qomitalari faollaridan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tashkil etildi.Kop qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar, tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari va mutaxassislari, jamoatchilik vakillari ishtirokida komissiyalarning hisobotlari eshitildi.Qurilish kompaniyasining tasdiqlashicha, 2017 va 2018-yillarda qurilish ishlari mexanizm va prinsiplari ozgarmagan bir xil tipdagi loyihalar, mashina-mexanizmlar, qurilish materiallari hamda 2017-yil qurilish ishlarida qatnashgan pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan. Uylarning 1 kvadrat metrining narxi aniq belgilangan va bu haqda hokimliklar va banklarga, ular oz mijozlariga vaqtida xatlar bilan murojaat qilgan.Malumki, 2017-yil 2-sentabrda Ozbekistonda valyuta bozori liberallashtirildi. Bu Ozbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan import qilinadigan qurilish materiallari: yogoch-taxta, tom yopish uchun ishlatiladigan metall listlar va boshqa materiallar narxiga tasir etgan. 2017-yilga nisbatan 2018-yilda narxlar oshganligi sabab fuqarolar tomonidan dastlabki badalni tolashni yengillashtirish maqsadida Prezidentning 2018-yil 18-iyuldagi qaroriga kora kop qavatli arzon uy-joylar uchun fuqarolar tomonidan tolanadigan dastlabki badal miqdori xonadon narxining 25 foizi orniga 15 foiz etib belgilandi. Buning natijasida yuzaga kelgan farq fuqarolar arizalariga asosan qaytarib tolab beriladigan boldi.Bu ishlar uy-joylar tannarxini tushirish maqsadida amalga oshirildi va Sergeli tumanida 47,3 milliard som mablag dastlabki taqdim etilgan qiymatiga nisbatan tejab qolinishiga erishildi. Buning natijasida uy-joylarning 1 kvadrat metri narxi oldin taqdim etilgan narxlarga nisbatan 150 ming somdan 300 ming somgacha arzon holda tegishli tashkilotlarga taqdim etildi. Shunday qilib, Sergelidagi uylarning narxi 18,3 foizga arzonlashadi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0