Rossiya 4 yilga Olimpiada va barcha turdagi Jahon Chempionatlaridan chetlatildi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroqomi Rossiyani tort yilga katta musobaqalar, shu jumladan, Olimpiada va Jahon Chempionatlaridan chetlatdi. Foto: Yandex Photos9-dekabr, dushanba kuni Lozannada RUSADA (Rossiya antidoping agentligi) masalasi boyicha WADA ijroia qomitasining yigilishi bolib otdi.Avvalroq qomita RUSADA maqomini bekor qilish va Rossiyani tort yilga xalqaro musobaqalardan chetlatishni tavsiya qilgandi. Shuningdek, Rossiya katta musobaqalarni ozida qabul qilishiga ham taqiq qoyilgan. Rossiyalik amaldorlar Olimpiya oyinlari va boshqa katta musobaqalarga bora olmaydi. Bundan tashqari, Rossiya jarimaga tortiladi.Doping nazoratidan otgan rossiyalik sportchilar Olimpiya oyinlariga borishi mumkin, biroq ular faqat neytral maqomda (madhiya va bayroqsiz) ishtirok etadi.Moskva antidoping laboratoriyasidagi 20122015-yilgi malumotlar bazasi tekshiruvdan otkazilgach, shunday sanksiya qollash qaroriga kelingan. Ekspertlarning xulosalariga kora, bazadagi malumotlar sportchilarning ijobiy doping namunalarini yashirish maqsadida ozgartirilgan.Rossiya tomoni WADA qarori ustidan 21 kun ichida apellyatsiya berish huquqiga ega.Malumot uchun, WADAning mazkur taqiqi futbol boyicha Rossiya terma jamoasining 2020-yilgi Yevropa Chempionatidagi ishtirokiga tasir qilmaydi. Sababi UEFA tashkiloti WADAga togridan-togri boysunmaydi. Biroq Rossiya futbol terma jamoasi JCh2022 musobaqasida ishtirok eta olmasligi mumkin. Chunki FIFA butunjahon antidoping agentligi bilan hamkorlik qiladi.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0