Jalolobodda Ozbekiston harbiylari va Qirgiziston fuqarolari ortasida bahsli holat kelib chiqdi

Qirgizistonning Jalolobod viloyatida Ozbekiston harbiylari va Qirgiziston fuqarolari ortasida bahsli holat kelib chiqdi. Bu haqda Turmush xabar berdi. Foto: TurmushQayd etilishicha, Ola-Buqa tumani hokimi Emil Abduqodirov chegaraoldi hududdagi vaziyatni tinch deb baholagan.Uning sozlariga kora, Ozbekiston Chegara qoshinlari harbiy xizmatchilari kirgan hudud davlat chegarasining aniq belgilanmagan qismi hisoblanadi.7-dekabr kuni Qirgiziston Respublikasining Kok-Tosh qishloq okrugi Chon-Soy qishlogi yaqinidagi davlat chegarasining belgilanmagan qismida qirgiz qishlogi aholisi qoshni davlatning harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi.Uchrashuvda Ozbekiston harbiy xizmatchilari ushbu hududda noqonuniy ravishda bolib turgani malum qilinib, videoga olindi. Hozir vaziyat tinch. Mening orinbosarim va tegishli tuzilmalar vakillari voqea joyida ishlamoqda. Ikki tomonlama uchrashuv 10-dekabrga moljallangan. Bugungi kunga kelib, Ola-Buqa tumanida Ozbekiston bilan chegaradagi 4 ta belgilanmagan uchastka mavjud. Ushbu uchastkalarning uzunligi 50 kmdan oshadi. Bu boyicha davlat komissiyasi ish olib bormoqda, dedi hokim.Chon-Soy qishlogida 600 dan ortiq kishi istiqomat qiladi.8-dekabr kuni Qirgiziston davlat chegara xizmati 7-dekabr kuni QirgizistonOzbekiston chegarasida ozbekistonlik harbiy xizmatchilarning Qirgiziston hududiga noqonuniy kirishi qayd etilmagani togrisida xabar tarqatdi.Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani Kok-Tosh qishloq okrugidagi Oq-Kurcha hududida davlat chegarasining shartli chizigi yaqinida Qirgiziston fuqarosiga tegishli qoramol otlab yurgan. Otlash chogida qoramol Ozbekiston hududiga otib ketgan.Ikki davlat chegara idoralari ortasidagi kelishuvga binoan qoshni davlat hududiga qoramol otib ketsa, chegarachilar uni ortiga haydab chiqarishadi. Shu sababli ozbek chegarachilari naryadi Qirgiziston hududiga qoramolni haydash uchun shartli chegara chizigiga yetib keldi. Ammo Ozbekiston harbiy xizmatchilari va Qirgiziston fuqarolari ortasida bahsli holat kelib chiqdi, deyiladi xabarda.Voqea joyiga yetib kelgan Qirgiziston chegara naryadi Ozbekiston chegarachilari bilan muzokaralar otkazdi. Mojaroli holatga yechim topilgan.Ayni paytda QirgizistonOzbekiston davlat chegarasida vaziyat barqaror, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0