Ozbekistonlik harbiy jurnalistlar Xitoy harbiy matbuoti faoliyati bilan tanishdi (foto)

Ozbekiston Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshligi podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Xitoyga xizmat safarida boldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Daryoga malum qildi. Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiSafardan kozlangan asosiy maqsad dunyoning rivojlangan davlatidagi harbiy matbuot faoliyatini organish va ozaro tajriba almashish boldi. Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiSafar davomida delegatsiya azolari Mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlik kanselyariyasi boshligi general-mayor Tsi Govey, mudofaa vazirining matbuot kotibi vazirlik axborot departamenti boshligi katta polkovnik U Tsyan bilan uchrashuv otkazdi. Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiXitoy Mudofaa vazirligida otgan tadbirlar davomida ikki mamlakat mudofaa idoralari orasidagi harbiy hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, axborot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning oziga xos, oxshash va farqli jihatlari, media mahsulotlarini tayyorlash jarayonlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, axborot departamentlari ortasida hamkorlik aloqalarini ornatishga oid istiqbolli yonalishlar muhokama qilindi. Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiOzbekiston harbiy delegatsiyasi Xitoy harbiy matbuoti faoliyati bilan yaxshiroq tanishish maqsadida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi ommaviy axborot vositalari markazining teleradio eshittirishlari bolimida boldi. Mehmonlarga markazning texnik imkoniyatlari namoyish etildi. Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiOzbekistonlik harbiylar Xitoy Kompartiyasi markaziy qomitasining nashri hisoblanuvchi Jenmin jibao gazetasi tahririyatiga ham taklif etildi. Tahririyatning siyosat bolimi boshligi va harbiy-vatanparvarlik yonalishiga ixtisoslashgan muxbirlar bilan suhbatda materiallarni bosma va elektron korinishdagi gazetaga chop etish jarayonlari haqidagi malumotlar yetkazildi. Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiXitoy xalq universitetining jurnalistika fakultetiga tashrif esa harbiy matbuot sohasida kadrlar tayyorlash boyicha tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0