Samarqandda IIB xodimiga qarindoshiga chora kormaslik uchun pora taklif qilgan fuqaro qolga olindi

IIV Oz xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati boyicha bolimiga viloyat IIB Transportda xavfsizlikni taminlash boshqarmasi xodimlariga fuqaro tomonidan pora taklif qilinilayotgani holati yuzasidan tezkor malumot kelib tushgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati malum qildi. Foto: IIV matbuot xizmatiAniqlanishicha, Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taminlash boshqarmasi patrul-post xizmati guruhi safdor xodimi Farrux Shodiyev joriy yil 5-dekabr kuni Paxtachi tumanidagi Ziyovuddin temir yol bekatiga Qoraqoton tilla konidan vagonga ortib olib kelingan ruda toshlari qoriqlovi va Navoiy viloyatiga qadar vagon kuzatuvini amalga oshirish uchun xizmatga jalb qilingan. Safdor F.Shodiyev soat 16:40 atrofida vagonga ortilgan ruda toshlari ikki nafar fuqaro tomonidan ozboshimchalik bilan olib ketilayotganligi holatini aniqlab, ularning bir nafarini ushlash chorasini korgan vaqtda, 1998-yilda tugilgan, Paxtachi tumanida yashovchi M.M. xodimning qonuniy harakatlariga tosqinlik qilib, sherigini qochirib yuborgan. Xodim fuqaro M.M.ni tegishli tartibda ushlab olib, viloyat IIB Transportda xavfsizlikni taminlash boshqarmasiga holat yuzasidan bildirgi orqali murojaat qilib, chora korishni soragan.Bildirgi boyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish viloyat IIB Transportda xavfsizlikni taminlash boshqarmasi xodimi, leytenant M.Mavlonovga yuklatilgan.2019-yil 6-dekabr kuni soat 02:00 larda olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro M.M.ning qarindoshi G.B. leytenant M.Mavlonovga murojaat etib, M.M.ga nisbatan qonuniy chora kormaslik va toplangan hujjatlarni sud idorasiga yubormaslik evaziga 1 000 000 som miqdoridagi pulni pora sifatida taklif qilgan.Suhbat jarayoni leytenant M.Mavlonov tomonidan uyali telefon apparati yordamida yozib olingan va audio yozuv diskka kochirilgan. Shundan song leytenant M.Mavlonov viloyat IIB boshligining nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, fuqaro G.B.ga nisbatan qonuniy chora korishni soragan.Mazkur bildirgi asosida 6-dekabr kuni soat 19:00 atrofida IIV OXB Samarqand viloyati boyicha bolimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir otkazildi. Tadbir davomida 1988-yilda tugilgan Paxtachi tumanida yashovchi G.B. leytenant M.Mavlonovning xizmat xonasida unga 2 000 000 som miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.Mazkur holat yuzasidan Samarqand transport prokuraturasi tomonidan G.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qozgatilgan.Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0