Samarqandda IIB xodimiga jinoyatni rasmiylashtirmaslik uchun 2 000 dollar taklif qilgan fuqaro qolga olindi

IIV Oz xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati boyicha bolimiga Samarqand shahri boyicha IIOFMB 5-sonli IIB xodimlariga fuqaro tomonidan pora taklif qilinilayotgani holati yuzasidan tezkor malumot kelib tushgan, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati. Foto: IIV matbuot xizmatiAniqlanishicha, 28-noyabr kuni Samarqand shahri boyicha IIOFMB 5-sonli IIB Jinoyat-qidiruv bolimi xodimlari tomonidan otkazilgan nazorat tartibida giyohvandlik vositasini sotib olish tadbiri davomida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan Rga Samarqand shahar Xishrav qorgonida Urgut tumani Qayroqli mahallasida yashovchi 1967-yili tugilgan fuqaro O.E. jami ogirligi 188,54 grammga teng bolgan kop miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasini 1500000 somga sotgan vaqtida ushlanib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boyicha IIOFMB huzuridagi Tergov bolimi tomonidan 29-noyabr kuni O.E.ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni otkazish maqsadini kozlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda otkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan. Foto: IIV matbuot xizmatiShu kuni soat 13:00 larda Samarqand shahar Beruniy kochasi 82-uyda joylashgan Samarqand shahri boyicha IIOFMB 5-sonli IIBning mamuriy binosiga, 5-sonli ichki ishlar bolimi boshligi, podpolkovnik Sanat Nurillayevning oldiga O.E.ning ukasi 1969-yili Urgut tumanida tugilgan fuqaro B.E. kelib, ishni pul evaziga tergovga otkazmasdan, jinoyat tariqasida rasmiylashtirmaslikni soraydi.Podpolkovnik S.Nurillayev unga akasi O.E. giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish jinoyatini sodir etganligini, bu holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilganligini aytishiga qaramasdan B.E. akasini ishini hal qilib berishini, buning evaziga 2000 AQSh dollari miqdorida pulni berishini taklif qiladi. Podpolkovnik S.Nurillayev fuqaro B.E.ga qilayotgan harakati noqonuniyligini, pora berish-olish jinoyat ekanligini tushuntiradi. Biroq fuqaro 2000 AQSh dollari miqdoridagi pulni shu kuni soat 18:00 da olib kelishini aytib chiqib ketadi. Foto: IIV matbuot xizmatiPodpolkovnik S.Nurillayev fuqaro B.E. bilan bolib otgan suhbat jarayonini Samsung rusumli uyali telefon apparatiga yozib olib, suhbatni CD diskka kochirib, viloyat IIB boshligining nomiga tezkor tadbir otkazishni sorab bildirgi bilan murojaat qiladi.Ushbu bildirgi asosida 29-noyabr kuni soat 19:30 larda otkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.E. akasi O.E. tomonidan sodir etilgan jinoyatni rasmiylashtirmaslik evaziga podpolkovnik S.Nurillayevga uning xizmat xonasida 2000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan B.E.ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qozgatildi.Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0