Bolalik insonning asl holatidir. Kichkina shahzoda qissasi haqida

Daryo kolumnisti Nurbek Alimov Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta uAntuan de Sent-Ekzyuperining Kichkina shahzoda qissasi haqida hikoya qiladi.FleshbekBolaligimda maktab darsliklaridan bu asar parchalarini oqib chiqqanman, keyin uni toliq oqish ishtiyoqi bilan yurganman. Ozbek tilida topa olmaganman. U paytlar rus tilini kitob oqib tushunadigan darajada bilmasam-da, ilk bor rus tilida boshidan oxirigacha oqigan edim. Keyin ozbek tilida topganman. Foto: WikipediaBu qissani sevardim. Bu hayotimizga tasir korsatadigan chiroyli iboralar va talimotlar bilan tola qissa. Har bir soz, har bir jumla bizni kundalik hayotimiz, atrof-muhitimiz bilan munosabatlarimizni rivojlantirish va muammolarni hal qilish usullari haqida fikr yuritishga majbur qiladi. Men hali ham uni chiroyli, sehrli kitob deb oylayman. Ajablanarlisi, kitob har bir oquvchiga uning hayotiy tajribasi tasirida boshqacha tasir qiladi.Asar haqidaKichkina shahzoda allegorik ertak, Antuan de Sent-Ekzyuperining eng mashhur asari.Ertak koinotdagi, shu jumladan, Yerdagi turli sayyoralarni ziyorat qilgan Kichkina shahzoda haqida hikoya qiladi. U yolgizlik, dostlik, sevgi va yoqotish mavzulariga bagishlangan.Kitob bolalar uchun yozilganiga qaramay, uning xarakteri hayot va inson tabiatiga yaqin. Kitob birinchi marta 1943-yil 6-aprelda Nyu-Yorkda nashr etilgan. Dunyo boylab 140 million nusxada sotilgan va dunyoda eng kop sotilgan kitoblardan biriga aylangan.SyujetUchuvchi Sahroi Kabirga favqulodda qonadi, bu yerda u bir gayrioddiy va sirli bolani boshqa sayyoradan kelgan Kichkina shahzodani uchratadi.Kichkina shahzoda unga Yerdagi sayohatlari, oz sayyorasidagi hayoti, u yerdagi ikkita faol va bitta yoq bolib ketgan vulqon, oz sayyorasida qoldirib kelgan ajoyib atirgul haqida sozlaydi. U sayyorasini tozalashga vaqt sarflaydi, chuqur ildiz otishga va butun sayyorani bosishga intilayotgan baobablarni yoq qiladi.Kichkina shahzoda ozining kichik sayyorasida kuniga onlab marta korish mumkin bolgan Quyosh botishini tomosha qilishni yaxshi koradi. Kichkina shahzoda ozini bu yerda baxtsiz his etib, koinotning boshqa joylarini organish uchun uchib ketgandi. Boshqa bir qancha sayyoralarni ziyorat qilib, koplab galati katta yoshlilar bilan uchrashadi: ozini yulduzlarni boshqaruvchisi deb oylaydigan qirol, boshqalar uni maqtashini istagan shuhratparast, ichishdan uyalishini unutish uchun ichuvchi piyonista, doimiy ravishda yulduz sanaydigan ishbilarmon, kop yulduzlarga egalik qilaman deb oylaydigan va undan-da koprogini sotib olishni xohlaydigan, sayohat hikoyalarini yozadigan, lekin hech qayerga bormaydigan geograf. Foto: WikipediaKichkina shahzoda geografning maslahati bilan Yerga tashrif buyuradi. Yerda u halokatga uchragan samolyot uchuvchisidan tashqari boshqa personajlar bilan ham uchrashadi va ular bilan muloqotda bolib, muhim narsalarni organadi.TahlilBu ertak yoki masal bolalar uchun yozilganday tuyuladi. Lekin yuqori falsafiy va sheriy mazmun bilan boyitilgan bu qissa bekorga sayyoradagi eng kop tarjima qilingan badiiy asarlar uchligiga kirmaydi.Zamonaviy madaniyatda Kichkina shahzoda kop davlatlarning orta talimida qabul qilingan. Yaponiyada esa hatto syujet qahramoni uchun muzey qurilgan.Yozuvchi asarda bosh qahramonlardan biriga aylanadi. U hikoyachi bolish bilan bir qatorda asardagi uchuvchi hamdir.Hikoya samolyotda yuzaga kelgan muammolardan boshlanadi, uchuvchi dunyo boylab sayohat qilib, vaqtincha Sahroi Kabirga tushib qoladi. Uygongach, Kichkina shahzoda bilan uchrashadi. U uchuvchidan qozichoq rasmini chizib berishni soraydi. Hikoyachining esa rassomlik bilan bogliq bolalik jarohati bor: u filni yutib yuborgan ilonni chizgan, ammo kattalar uning rasmida shunchaki shlyapani korgan. Rasm chizishni davom ettirishga ragbatlantirilmagan uchuvchi Kichkina shahzoda buyurtma qilgan ishni chizishga qiynaladi, hijolat chekadi, bir nechta variantda qozichoq rasmini chizib beradi. Bular shahzodaga yoqmaydi. Oxir-oqibat u haqiqiy qiyofani tashqaridan kora oladigan odamni topgan edi. Shu tariqa bolaga quticha chizib beradi va ichida qozichoq bor deydi. Qozichoq rasmda korinmasa-da, bola fantaziyalariga berilib, rasmdan xursand boladi.Bu epizod kattalar ulgayganida va ozidagi bola holatini oldirganida sehrli xayoliy olamni idrok etishda qiyinchiliklarga duch kelishini ochib beradi. Bola sarguzashtlarini yozuvchiga hikoya qilib, koz oldimizda hayot soddaligini, nigohi pokligini, voqelik mohiyatini ochib beradi. U kopchilik insonlar uchun odatiy hisoblangan har bir hodisani tabiiy ravishda muhokama qiladi. Haddan tashqari kop osadigan xavfli baobablarni istemol qila oladigan qozichoqni qidirib topish uchun takabbur va magrur gullar bilan yashaydigan kichik sayyorasidan chiqib ketayotganidagi epizodlar orqali yozuvchi insonning kamchiliklarini ochib beradigan allegorik kosmik trayektoriyani boshlaydi.U allaqachon bir nechta sayyorani bosib otgan va yolida kattalar dunyosining keraksiz tashvishlarini anglatuvchi personajlarni uchratgan edi. Kichkina shahzoda kattalar unutgan oddiy narsalarning qiymatini korsatadi. Muallif ulgaygan va ichki bolasini unutgan odamlar tushunib bolmaydigan galati mavjudotlarga aylanib qolishini takidlaydi.Kitobdagi rasmlarni muallifning ozi chizgan. Ular mashhurlikda kitobdan kam emas. Ular shunchaki rasmlar emas, asarning organik qismidir: ertak qahramonlari chizmalarga murojaat qiladi, ular haqida bahslashadi. Kichkina shahzodadagi noyob rasmlar til tosiqlarini yoq qiladi va hamma tushunadigan universal vizual lugatning bir qismiga aylanadi.Asarning bosh qahramoni hech qachon qarimaydi. U bizni atrofimizdagi haqiqiy qiymat haqida oylashga taklif etadi. Kichkina shahzoda hammamizning ichimizda mavjud bola. Motivatsiyangiz yoki dunyoni korish usulingiz bolalikdagi qalbingiz. Kitob shunchalik samimiyki, kayfiyatga yoki uni oqiyotgan yoshingizga qaramay, toliq oziga jalb etadi. U sizga har safar biror yangi talimot beradi.XulosaAsar yosh bolalar uchun ibrat sifatida oqib berilishi mumkin. Uni oqib chiqish bolalarcha orzu qilishni toxtatgan kattalar uchun ham zarur. Hayotning ogir tashvishlarini unutib, asarni oqib chiqing. Yengil tortasiz. Dunyoga bolalarcha yengil nigoh bilan qarab yashasak, muammolar miyamizdagina mavjud ekaniga amin bolamiz. Foto: WikipediaShuni yodda tutishimiz kerakki, kitob yozilgan paytda Ikkinchi jahon urushi davom etayotgandi. Urush davrida esa asardagi har qanday umid uchquni, xayolot yoki yangi hayot orzusi osha paytda yashaganlar uchun juda kop narsani anglatar edi.IqtiboslarAvvaliga barcha kattalar bola edi, kopchiligi buni eslay olmaydi;Ozingizni togri baholay olsangiz, unda haqiqatan donosiz;Kattalar raqamlarni yaxshi koradi. Yangi dostingiz borligini aytsangiz, ular hech qachon eng muhim narsani soramaydi. Hech qachon Ovozi qanday? Qanday oyinlarni oynashni yaxshi koradi? Kapalak tutadimi? deb sorashmaydi. Ular U necha yoshda? Nechta aka-ukasi bor? Vazni qancha? Otasi qancha pul topadi? deb sorasydi. Shundan keyin ular bu odamni bilamiz deb oylaydi;Sen tanada emas, harakatlaringda yashaysan. Sen bu sening harakatlaring. Boshqa sen yoq;Odamlar bir haqiqatni unutdi, dedi Tulki, ammo hech qachon yodingdan chiqarma: kimniki qolga orgatgan bolsang, uning taqdiriga hamisha javobgarsan.Qiziqarli faktlar- Kitob juda kop tillarga tarjima qilingan. 2005-yilda u Shimoliy Argentina hindularining toba tiliga tarjima qilindi. Bu juda ajoyib voqea edi, chunki osha paytda toba tiliga tarjima qilingan yagona kitob Injil edi;- Asar qahramoni uchuvchi-hikoyachining rasmi kitobda yoq. Biroq 2014-yilda Nyu-Yorkdagi Morgan kutubxonasi va muzeyida Sent-Ekzyuperining ilgari nashr etilmagan koplab rasmlari, shu jumladan, samolyoti yonida uxlab yotgan uchuvchining surati namoyish etildi;- Ikkinchi jahon urushidan oldin Antuan de Sent-Ekzyuperi Afrika va Janubiy Amerikada pochta yonalishlarida parvoz qilgan va hatto sinov uchuvchisi sifatida ham mashhur bolgan. Parij va Saygon ortasidagi eng tezkor parvoz rekordini buzishga urinayotganida Sent-Ekzyuperi Qohiradan 125 kilometr naridagi cholga qulab tushgan.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.Mavzuga doir:Odamlar, borilar va gunohlar. Qiyomat romani haqidaSozlar odamga oz fikrlarini yashirish uchun beriladi. Qizil va qora romani haqidaUmri sayohatlarda otayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot boyicha Nobel mukofotini oldi?Shayton bilan kelishuv. Gyotening Fausti haqidaJamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning Pashshalar hukmdori romani haqidaKorlar mamlakatida bir kozlilar qirol boladi. Xose Saramagoning Korlik romani haqidaBir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning Parfyumer romani haqidaNega dunyoda olimimdan keyin hech narsa ozgarmadi? Buzrukning kuzi diktatorlar taqdiri haqida romanDunyoni qanchalik kop kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti. Andisha va gurur romani haqida

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0