Qashqadaryoda 28 yildan beri bog‘chasiz qolayotgan qishloqning muammosi hal etildi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Obod qishlog‘i aholisi uchun yangi bog‘cha qurib berildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmatiTa’kidlanishicha, qishloqda 28 yildan buyon bolalar bog‘chasi bo‘lmagan.Tumanning Obod qishlog‘i 2018-yil “Obod qishloq” davlat dasturiga tushgan va shu dastur asosida 75 o‘rinli bog‘cha barpo etilgan. 2 millard 400 million so‘m mablag‘ evaziga qurilgan bog‘cha O‘zbekiston Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan ochildi.Qayd etilishicha, ayni kunda tumandagi bog‘chalar soni 54 taga yetgan. Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati“Bundan ikki yil ilgari tumanda atigi 7 ta bog‘cha bor edi. Bugun 54 taga yetdi. Bu, albatta, davlat rahbarining sohaga e’tiboridan darak beradi”, — deydi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri.Mavzuga doir: Andijonning Qo‘rg‘ontepasida bir kunda 21 ta bog‘cha foydalanishga topshirildiShuningdek, bayram munosabati bilan tuman markazida 125 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ham ish boshlagan. Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0