Konstitutsiya qanday qabul qilingan edi? Karim Bahriyev bilan suhbat

Konstitutsiya 1992-yilning 8-dekabrida qabul qilinganini hammamiz yaxshi bilamiz. Bu haqda darsliklarda, gazeta-jurnallarda, turli kitob va maqolalarda yozilgan, TVda, tadbirlarda aytib kelinadi, qolaversa, har yili 8-dekabrni Konstitutsiya kuni sifatida nishonlaymiz. Ammo konstitutsiya qabul qilinishiga oid tafsilotlar, qiziqarli faktlar juda kam. Osha kuni Ozbekiston nimalarni boshdan kechirgan? Odamlar nimalarni oylagan, nimalarni muhokama qilgan?Bu haqda malumot olish uchun atoqli shoir, jurnalist va davlat arbobi, Ozbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi Karim Bahriyev bilan suhbatlashdik. Foto: OzA- Konstitutsiya qabul qilingan kunda voqealarga bevosita guvoh bolgansiz. Iltimos, osha kungi voqealar haqida gapirib bersangiz.- Konstitutsiya qabul qilinishi saylov jarayoniga oxshaydi. Saylovning haqqoniyligi ovoz berish kuni va xolis sanab chiqish bilangina bolmaydi. Uning taqdiri jarayonda jamiyatdagi hamma toifalar xolif va muxoliflar, onglar va solchilar, dahriylar va dindorlar hamma nomzod korsata olishi va nomzodlar tasdiqlanishi, saylovoldi targibotida barcha barobar imkonga egaligi kabi jihatlarga bogliqdir. Ovoz berish kuni natijani rasmiylashtirish kunidir. Xuddi shunday, konstitutsiya qabul qilinish kuni ham ovoz berish jarayoni edi. Aslida ancha oylar oldin Konstitutsiya komissiyasi tuzilgandi. Unga osha paytdagi yagona huquqshunos akademik Shavkat Orazayev raislik qilgandi. Asosiy bahslar aslida shu komissiya majlislarida, partiyalar fraktsiyalari yigilishlarida kechgan. Ovoz berish va qabul qilish kuni esga olarli bahslar bolmagan.- Osha kuni bolgan diqqatga sazovor voqea, suhbatni eslay olasizmi? Kimlar bilan bu haqda fikr almashgansiz?- Malumki, konstitutsiya asosiy qonun. Qolgan barcha qonunlar undan kelib chiqishi va unga monand bolishi kerak. Bu haddan ziyod muhim hujjatdir. Albatta, birinchi parlamentimiz bir qadar erkin saylovlar natijasida saylangan, zero unda fuqarolar tashabbuskor guruhlari taklifi bilan nomzodlar ham mustaqil deputatlar olaroq saylangandi. Shaxsan ozim tahsil olgan maktabim jamoasining talabi bilan royxatga olinganman va saylanganman. Hech bir partiya azosi bolmaganman va hozir ham birpor partiya azosi emasman. Konstitutsiya muhokamalarida ayniqsa liberal deputatlar Erk partiyasi va Birlik harakatidan erkin saylovda rasman ishtirok etgan hamda saylanganlar, mustaqil deputatlar faol ishtirok etgan. Afsuski, keyinchalik asosiy qonunning tashabbusi va qabul qilinishi ham bir kishining nomi bilan boglandi.Men osha paytlari Erk va Birlik yetakchilari va faollari bilan, shuningdek, maslakdosh dostlarimiz bilan kop fikrlashganman. Alijon Qochqorov, Shuhrat Nusratov, Toshpolat Yoldoshev, Oygul Mamatova, Toyiba Tolaganova, Jahongir Mamatov, Hamza Eshmurodov, Erkin Vohidov, Nasrullo Saidov, Inomjon Tursunov, Imom Fayziyev, shuningdek, Pirimqul Qodirov bilan suhbatlashganman. Qolaversa, bu muhim hujjat xalqimizning taqdiriga doxil bolgani uchun hamkasb ziyolilar va saylovchilarimiz bilan fikrlashganmiz.Umuman olganda, Konstitutsiyamiz anchayin demokratik hujjat edi. Afsuski, uning taqdiri havas qilarlik bolmadi.- Konstitutsiyani maqullamaganlar ham bolganmi? Matnni butunlay qayta korib chiqishni oshkora yoki yashirincha taklif qilgan deputatlar, faollarni korganmisiz?- Albatta, unga butunlay qarshi bolmasa-da, jiddiy ozgartirishni muxolif partiya va mustaqil deputatlar oldinga surgandi. Ularning ism-shariflarini yuqorida tilga oldim.Biz osha kunlarni eslasak, albatta, parlamentda turli kuchlar mavjudligini koramiz. Sobiq kommunistlar, Rossiya tarafdorlari hujjatning hech bir mafkura davlat mafkurasi bolmasligi va til masalalarida orqaga tortardi, muxolif partiyalar yerga nisbatan xususiy mulk masalasini va davlat rahbarining ikki muddatdan ortiq saylanmasligi qoidasini himoya qilardi va hokazo.- Umuman, oshanda deputatlarning, odamlarning kayfiyati qanday bolgan? Konstitutsiya qabul qilinishi kelajakka ishonch berganmi? Yoki bunga shubha bilan qarashganmi? Yoki hamma befarq bolganmi? Munosabat qanday bolgan?- Siz aytgan kayfiyatlarning barchasi jamiyatimizda bor edi. Har inson oz umidvorliklaridan kelib chiqadi.Aksariyat xalq befarq edi va buni tushunsa boladi. Bu aksariyat haq ekan. Kopchilik bolgan bu olomonda qonunga kora yashash konikmasi yoq edi va hali ham yoq. Ularning fikricha, yuqoridagilar ozi biladi. Keragini qabul qiladi va kerakli darajada ishlatadi. Yuqoridagilar istaganicha va ularning manfaatiga monand kelganicha qonunga rioya qiladi va istaganida oziga moslab ozgartiradi. Bizni mansabdorlar boshqargan va boshqaradi, qonunlar emas.Shunday ham boldi va shu taxlit davom etmoqda. Konstitutsiya ham istagancha ozgartirildi. Bilasizmi, necha marta ozgartirildi? Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14 marta ozgartirish va qoshimchalar kiritildi. Ikki martadan ziyod davlat rahbari bolish taqiqlangani holda bu ozgartirishlar bir shaxsning olgunicha saylanaverishiga imkon yaratdi.Mavzuga doir:Ozbekiston konstitutsiyasiga nechta ozgartirish kiritilgan?Men ozim shaxsan Konstitutsiyadan quvongan orinlarim bor edi. Bular soz erkinligining kafolatlari, OAVga bob ajratilgani, hech bir mafkura davlat mafkurasi olaroq ornatilmasligi, hurfikrlikning kafolatlanishi, hokimiyatning taqsimlanishi, sudlarga mustaqillik berilishi, demokratik huquqiy davlat tuzumi tanlanishi, koppaprtiyaviylik, xalqaro huquq ustuvorligi kabi jihatlar edi. Afsuski, bu meyorlar konstitutsiyada tasarruf qilinmay uzoq yotdi. Koppartiyaviylik va mafkuraviy hurlikdan quvonchimning sababi, shoro tuzumidagi bir partiya diktaturasi va ideokratiya oqibatlari edi. Germaniyada Gitlercha irqiy mafkura, SSSRda Stalincha sinfiy mafkura hukmronligi ikki davlatda millionlar qatagon qilinishiga va jahon urushiga olib kelgan edi. Bir mafkura davlat mafkurasi sifatida ornatilsa, asta-sekin senzura yuzaga kelar, boshqacha fikrlar milliy mafkuraga zid deb quvginga uchray boshlar, senzuraga uchrar, yutuqlar madh etilar, ozgacha fikrlovchilar yutuqlarimizni korolmaydiganlar sifatida qatagon qilinar edi. Shuning uchun hurfikrlikning qomusiy kafolati kerak edi.- Ozingizning munosabatingiz ham qiziq. Konstitutsiyamiz haqida fikrlaringiz. Uning matni mukammalmi, yoqmi? U qay darajada hayotimizga foyda beryapti yoki bermayapti?- Allohning yaratganlari mukammaldir, bandalarning barpo qilganlari mukammallik sari harakatlardir va takomillashishga muhtojdir. Albatta, konstitutsiyamizning ham mukammallashtirishga muhtoj orinlari bor, ammo bu alohida mavzu. Nazarimda, u asosiy masalalarni uzil-kesil hal etadigan va istisnolarga orin qoldirmaydigan darajada yombi, hammaga tushunarli bolishi, qoidalari tinimsiz ozgarmaydigan, muqarrar bolishi joizdir. Chunki u konstitutsiya asosida deb qabul qilinadigan boshqa qonun va qonunosti aktlarida konstitutsiya havola etgan huquq va erkinliklarni bir-bir cheklash imkonini bermasligi kerak.Bugungi asosiy mulohazamiz konstitutsiyaning taqdiri, biz uni bilmasligimiz, himoya qila olmasligimiz borasidadir.Konstitutsiyamiz inson huquqlari va erkinliklarini yuksak qadriyat deb bilgani holda real hayotda bu huquq va erkinliklarni amalga oshirishning qanchalar dushvor ekanligi hammamizga ayon.Konstitutsiya mamlakatda va undan tashqarida erkin kochib yurish va chiqish huquqini bergani holda, bir vazirlikning instruktsiyasi bilan kiritilgan propiska va chiqish vizasi bu huquqni parchinlab kelmoqda. Prezidentning Strategiyasiga kora allaqachon 2018-yildayoq bekor bolishi yozilgandi bu ikki hujjat, ammo joyida turibdi.Konstitutsiya yerosti-yerusti boyliklari xalq mulki ekanini bayon qilsa-da, gazimizni oz egasiga bermayotganimiz, chetga qimmat sotayotganimiz, xabaralarga kora, gazimizni ozgalardan qimmatga sotib olganimizni qanday tunish mumkin?!Konstitutsiyada senzura man etilgani holda parlament senatori va hokimlarimiz jurnalistlarni qamash, oldirish bilan tahdid qilayotganini va bu tahdid jazosiz qolganini qanday tushunsa boladi?!Konstitutsiyani himoya qilish vazifasi bolgan Konstitutsiyaviy sud unga zid minglab qonunosti aktlari va onlab qonunlarning muvofiqligini korib chiqmagani, ottiz yilda ottizta ham qaror chiqarmaganini anlash mumkimi?Bularning barchasi Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin 27 yil otgach, Ozbekiston prezidenti uni amalga oshirishga kirishi borasida fikrlar aytishiga asos boldi. Shavkat Mirziyoyevning bayram marosimida xalqni amaldorlardan himoya qilib aytgan fikrlaridan iqtiboslar:Qonun ustuvorligi bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bolishi shart, deganidir.Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan kora samarali vosita yoq...Yana bir marta takrorlayman, Ozbekistonda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq otkazishga yol qoyilmaydi. Ammo bu ozgarishlar tufayli jamiyatimiz salbiy illatlardan, qonunga bepisandlik holatlaridan batamom qutuldi, deb aytishga hali erta.Ochiq tan olish kerak, aksariyat odamlarimiz bu masalada loqayd va beparvo bolib qolmoqda. Bugun olib borayotgan islohotlarimiz yolidagi eng katta tosiq ham aslida shu emasmi?Bu nutq parchalari hozir Ozbekistonning qishki osmonida jaranglamoqda, uning saslarini sovuq izgirin shabadalari gaz va svet kutib yotgan xonadonlar ustidan, kelgusi yil hosili uchun kuch yigayotgan dalalar va yotoqxonalar, bemorxonalar, qamoqxonalar ustidan olib otmoqda. Konstitutsiyamizni amalga oshirishga yana bir urinaylik, degan davat sof va sodda qalblarda aks-sado bermoqda.Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi... Shu uchta sozda xalqimiz va insoniyat tarixiy taqdirining inikosi zohirdir. Ularning har biri bir buyuk istilohdir.Ozbekiston ota-bobolarimizning qoni va joni evaziga bunyod bolgan, millatimizning hayoti va abadiyati yashaydigan makon. Uning mustaqilligi, istiqloli va istiqboli uchun buyuk ajdodlarimiz kurashgan va uni bizga meros qilib qoldirgan. Biz bu yerda elimizga, tilimizga, tariximizga va kelajagimizga sohib bolib chiqajakmiz.Respublika mustaqil davlatimizning tuzumidir. Uning asosi demokratik huquqiy davlatdir. Qadim Rim va Yunonistondan ibtidosi boshlangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shuni anglatadiki, hokimiyat manbai xalqdir. Biz farang inqilobida xalq Ozodlik, erk va respublika uchun deya maydonga chiqqanini oqiganimizda, inson ozodligi va erki uchun kurashish tushunarli, xosh, nega Respublika uchun kurashish kerak, deb oylaganmiz. Yakkahokimlik bolgan monarxiyadan, boshboshdoqlik bolgan anarxiyadan, zolim bolgan oligarxiyadan tarix mobaynida toygan xalq ming yillar oz hokimiyatini respublikani orzu qilgan. Shuning uchun mustaqillikka erishgach, respublika tuzumini tanladik.Konstitutsiya mamlakatning asosiy qonunidir. Jahonning konstitutsiya uchun jon bergan, kurashgan, maydonlarga chiqqan yetakchi xalqlari uning qadrini biladi va uni ozgartirishga, buzishga qaratilgan har bir harakatga qarshi qalqib ornidan turadi, chunki konstitutsiya ularni himoya qiladi. Aleksandr Pushkin Imperator hokimiyatidan qonun hokimiyati afzaldir degandi. Holbuki, u imperator saroyining erkasi edi. Qonun hokimiyatini orzu qilgandi, chunki imperator seni bugun yoqtirishi va ertaga yomon korishi mumkin, shoir oz hayotini bir insonning ozgaruvchan kayfiyatiga emas, ozgarmas qonunga bogliq bolishini istagan. Asosiy qonunimiz konstitutsiya xalqaro huquq vorisi va barcha qonunlarimiz onasidir. Qolgan barcha qonunlar unga muvofiq bolishi, u bergan huquq-erkinliklarga daxl qilmasligi kerak. Konstitutsiyaga zid bolgan har qanday meyoriy akt bekor qilinishi kerak. Buning nazoratchisi Konstitutsiyaviy suddir.Ana shunday, hamma qonun oldida barobar bolsa, qonunlarga itoatda yashasak, eng ulkan erkinlik shudir.Hammani shu ulug kun bilan tabriklaymiz.Eldar Asanov suhbatlashdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0