Rossiyadagi konda sodir bolgan yongin oqibatida 3 nafar ozbekistonlik halok boldi

8-dekabr kuni ertalab soat 6:45 da Rossiyaning Yamalo-Nenesk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bolgan yongin oqibatida 3 nafar Ozbekiston fuqarosi A.E., E.D. va A.S. vafot etdi, yana bir ozbekistonlik fuqaro T.A. kuyib shifoxonaga joylashtirildi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. Foto: SputnikQayd etilishicha,ayni paytda tegishli organlar tomonidan tergov tadbirlari otkazilmoqda.Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Ozbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan boglik konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar bilan shugullanmoqda.Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila azolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk oblasti, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Yugra, Yamal-Nenesk avtonom okrugi) hududida bolib turgan Ozbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib otgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0