Ozbekistonda arxitektura-rejalashtirish topshirigini ishlab chiqish qanchaga tushadi?

Obyektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigini (ART) ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma. Foto: NormaQayd etilishicha, shaharsozlik faoliyati obyektlari qurilishini loyihalashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ART beriladi (yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun talab etilmaydi).Avvalo ARTni ishlab chiqish uchun tolov tolanishi osonlashdi. Ilgari hududiy qurilish boshqarmalari ariza beruvchi oz ERIsi bilan tasdiqlashi uchun unga ARTni ishlab chiqish shartnomasini yuborar edilar (YAIDXP orqali yoki davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilinganda bevosita topshirilar edi). Bundan buyon Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boyicha ishlab chiqish qiymati korsatilgan invoys hisob varaq-faktura bir yola taqdim etiladi.Ariza beruvchi invoysni olgach, korsatilgan summani 10 kun ichida tolashi lozim. Tolov tolanganligi axborot-kommunikatsiya tizimi yordamida tasdiqlanadi. Obyektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish qiymati va muddatlari quyidagicha belgilangan: Foto: NormaBunda tuzatish koeffitsiyentlari (oshirish yoki pasaytirish) tizimi amal qiladi, shu jumladan:Birinchidan, obyektning joylashgan joyiga kora (turar joyni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga otkazish): qishloq aholi punktlarida 0,7; tumanga boysunuvchi shaharlarda va shahar posyolkalarida 0,8; tumanlar markazlarida va viloyatga boysunuvchi shaharlarda 0,9; Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida 1. Ikkinchidan, qurilayotgan obyektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda - 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qollanadi.Uchinchidan, ARTning arxitektura-shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish qismlarini alohida-alohida ishlab chiqishda har bir bolim uchun narxlar 0,6 koeffitsiyenti bilan qollaniladi.Tortinchidan, tanlovga (auksionga) qoyilayotgan yer uchastkalari uchun shaharsozlik topshirigini ishlab chiqish qiymati 0,7 koeffitsiyentini qollagan holda yangi qurilish uchun belgilangani kabi (4 BHM) belgilanadi (ARTni ishlab chiqishda arxitektura-shaharsozlik bolimi sifatida uning tarkibiga kiritiladi) va tanlov (auksion) golibi hisobidan tolanadi.ARTning amal qilish muddatlariga tuzatish kiritish va ularni uzaytirish uchun belgilangan ishlab chiqish qiymatining 20 foizi, ART dublikatlari (nusxalari)ni tayyorlash uchun 10 foizi miqdorida belgilanadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0