Ozbekiston va Eron ortasida muntazam parvozlar rasman tiklanadi

Bugun, 9-dekabr kunidan Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi TehronToshkentTehron yonalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Foto: JetphotosDastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur yonalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.Eslatib otamiz, 2019-yil noyabr oyida Ozbekiston Transport vazirligi Eron aviatsiya mamuriyatining Zagros Airlines aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvchi aviakorxona sifatida tayinlash togrisidagi xabarnomasiga, shuningdek, 2001-yil 17-avgustdagi havo qatnovi togrisidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, TehronToshkentTehron yonalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Eron aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan.Ozbekiston va Eron ortasida muntazam parvozlarning tiklanishi ikki mamlakat ortasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0