Ozbekistonda Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi qonun va Jinoyat-protsessual kodeksiga ozgartirish hamda qoshimchalar kiritildi

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-oktabr kuni qabul qilingan va Senat tomonidan joriy yil 30-noyabr kuni maqullangan Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi va kuchga kirdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati azosi Komila Kavlonova malum qilgan. Foto: DaryoQonun bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha faoliyatni taminlashning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. U bilan Ozbekiston Respublikasining Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi qonuniga va Jinoyat-protsessual kodeksiga ozgartirish hamda qoshimchalar kiritildi.Jumladan, voyaga yetmaganlar, nogironligi borlar va ozining jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy buzilishlari tufayli himoyalanish uchun huquqlardan foydalanishda qiyinchilik his qilayotgan boshqa shaxslar, sud ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslar, umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin bolgan jinoyatlar sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudida korib chiqiladigan ishlari boyicha himoyachini rad etishga yol qoymaydi.Bundan tashqari, Jinoyat-protsessual kodeksda quyidagilar ham nazarda tutilgan: voyaga yetmaganning istagi boyicha uning katta yoshdagi yaqin qarindoshlaridan biri yoki ozi ishonadigan boshqa shaxsning qonuniy vakil sifatida ishtirok etish imkoniyati; voyaga yetmagan shaxs qonuniy vakilining ozi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan otkaziladigan protsessual harakatlarda ishtirok etishi; voyaga yetmagan guvohning yoki jabrlanuvchining roziligi bilan uning qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchi vakili ishtirokida sorov otkazish; murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli ogriq berish bilan bogliq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza otkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga yetmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan bolsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yol qoyilishi; kuchli ogriqni qozgatuvchi murakkab tibbiy tartib-taomillar yoki usullarni qollashga faqat shaxsning roziligi bilan yol qoyiladi, undan namunalar olingan bolishi kerak, agar u voyaga yetmagan bolsa yoki ruhiy kasallikka chalingan bolsa, uning qonuniy vakili, vasiyi yoki homiysining roziligi bilan yol qoyilishi; sud majlisi zalidan voyaga yetmagan guvohni uning soroq qilinishi yakunlanishi bilan chiqarib yuborish zarurati, bundan sud uning zalda bolishi kerak degan hollar mustasno; voyaga yetmaganga ayblov qoyilganda, surishtiruv, tekshiruv yakunlanganligi elon qilinganda va unga ish materiallari taqdim etilganda uning qonuniy vakili albatta bolishi; voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soroq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida amalga oshirilishi. Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi qonunga kiritilgan ozgartirishga kora, davlat bolani ekspluatatsiya va zoravonlikning barcha shakllaridan, huquqbuzarliklar va gayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi, shuningdek, ularning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda bartaraf etadi.Qonun jinoyat jarayoni ishtirokchisi bolgan bolaning huquqlarini himoya qilish kafolatlarini belgilovchi norma bilan toldirildi. Jumladan, bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy tasir otkazish, uni korsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash, sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari togrisidagi ishlar boyicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shartligi nazarda tutilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0