Elektr hisoblagichlarni qiyoslovdan otkazish boyicha yagona vakolatli organni belgilash taklif etildi

Energetika vazirligi Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibi soddalashtiriladi va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari togrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoydi. Foto: DaryoQaror loyihaiga kora, Hududiy elektr tarmoqlari AJ 2020-yil 1-yanvardan boshlab istemolchilarga ornatilgan elektr hisoblagichlarni metrologiya xizmatlari qiyoslovidan otkazish boyicha yagona vakolatli organ etib belgilanadi va qiyoslov boyicha barcha xarajatlarni elektr taminoti tashkilotlari oz mablaglari hisobiga qoplaydi.Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish direksiyasi masuliyati cheklangan jamiyat Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatining filialiga aylantirish yoli bilan qayta tashkil etiladi.Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hududiy elektr tarmoqlari AJ 2020-yil 1-iyunga qadar elektr taminoti korxonalarida yangi billing tizimini hamda resurslarni boshqarish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi (YeRP)ni joriy etish boyicha ornatilgan tartibda tanlovni yakunlab, pudratchi bilan shartnoma tuzilishini taminlaydi.Hududiy elektr tarmoqlari AJ va Issiqlik elektr stansiyalari AJ faoliyatini tashkil etish uchun ularning tarkibidagi tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan ajratmalar Soliq kodeksiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanmaydi.Energetika vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash bosqichlarini va qurilish muddatlarini kamida 15 kunga kamaytirish boyicha yangi tartibni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan otkazish va ornatish boyicha nizomga kora, elektr energiyasini hisoblash uchun faqatgina Ozbekiston Respublikasi Olchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi hisobga olish asbobidan foydalanilishi shart.Davlat dasturlari asosida yangidan qurilayotgan uy-joylarda faqat elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi uchun tasdiqlangan texnik talablarga mos keladigan elektr hisoblagichlar ornatilishi shart.Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi istemolchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish asbobini quyidagi hollarda qiyoslovdan otkazadi: davriy qiyoslashdan hisobga olish asbobini qiyoslashlararo interval muddati tugaganda; navbatdan tashqari qiyoslashdan hisobga olish asbobining qiyoslashdan otkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini otkazish zarurati vujudga kelganda; ekspert qiyoslashdan hisobga olish asbobining sozligi yoki uning qollashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari boyicha munozarali savollar tugilganda. Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati on yilni tashkil qiladi.Elektr taminoti korxonasi ozining malumotlar bazasi orqali har bir hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati otishini kuzatib boradi va davriy qiyoslashdan oz vaqtida otkazish uchun javobgar hisoblanadi.Istemolchi oz hisoblash asbobini metrologiya xizmatlarida mustaqil qiyoslov otkazish huquqiga ega. Bunda elektr taminoti korxonasi istemolchining talabiga kora, elektr energiyasini hisobga olish asbobini bepul yechish, ornatish, plombalash va royxatdan otkazishga majbur.Hisobga olish uskunasi istemolchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan otkazish uchun yechib olinganda elektr taminoti korxonasi tomonidan istemolchiga hisobga olish asbobi vaqtincha ornatiladi.Hisobga olish asbobi ekspert tekshiruvidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qaroriga (ajrimiga) asosan otkazilishi mumkin.Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan kamida bir oy oldin elektr taminoti korxonasi tomonidan istemolchiga xabarnoma yozma yoki elektron (elektron pochta, messenjer, sms va boshqalar) korinishda taqdim etiladi.Xabarnomada quyidagi malumotlar korsatilishi lozim: hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugaydigan vaqt; hisobga olish asbobini yechib olish uchun elektr taminoti korxonasi xodimi boradigan kun; xabarnoma yuborayotgan elektr taminoti korxonasining rekvizitlari; boshqa zarur malumotlar. Istemolchining hisobga olish asbobini yechib olish, qiyoslashdan otkazish, hisobga olish asbobini joyiga ornatish elektr taminoti korxonasining xodimi tomonidan amalga oshiriladi.Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qiyoslashdan otkazish uchun belgilangan reja asosida hisobga olish asbobini yechib olish uchun elektr taminoti korxonasi tomonidan vakolatli xodim yuboriladi.Vakolatli xodim soat 8:00 dan 17:00 gacha istemolchining hisobga olish asbobini yechib olish va ornatish uchun kelish huquqiga ega. Bunda vakolatli xodim oz xizmat guvohnomasini istemolchiga korsatishi lozim.Hisobga olish asbobini yechib olishda vakolatli xodim istemolchi ishtirokida hisobga olish asbobi va ornatilgan plombalarning butligini tekshirib, hisobga olish asbobi yechib olinganligi haqida uch nusxada dalolatnoma tuzadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi istemolchiga beriladi, ikkinchi nusxasi elektr taminoti korxonasida hamda uchinchi nusxasi metrologiya xizmati organiga taqdim etiladi.Dalolatnomaning barcha nusxalari vakolatli xodim va istemolchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada hisobga olish asbobining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning yechib olingan vaqtdagi korsatkichlari hamda boshqa zarur malumotlar qayd etiladi.Istemolchi vakolatli xodim oz vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratishi shart.Istemolchining hisobga olish asbobi yechib olingandan song, uning orniga elektr taminoti korxonasi tomonidan boshqa hisobga olish asbobi vaqtincha ornatiladi.Hisobga olish asbobida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, hisobga olish asbobining turi va zavod raqami aniq bolmasa yoki u shikastlangan holatda bolsa, metrologiya xizmati organi uni qiyoslashdan otkazish uchun qabul qilishni rad etishga haqli.Metrologiya xizmati organi tomonidan hisobga olish asbobi uch ish kuni ichida qiyoslashdan otkaziladi.Hisobga olish asbobini qiyoslashdan otkazish natijasi ijobiy bolgan taqdirda, hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqli deb topiladi va metrologiya xizmati tomonidan hisobga olish uskunasining qiyoslashdan otkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtiriladi.Mavzuga doir: Energetika vazirligi aholining yangi hisoblagichlar 2 baravar kop tok yeyayotgani haqidagi etirozlariga izoh berdi Aqlli elektr hisoblagichlar korsatkichlarni oshirib qayd etadimi? Energetika vazirligi javob berdi Eslatib otamiz,Ozbekiston Energetika vazirligi avgust oyida aqlli hisoblagichlar bilan bogliq muammolar mutaxassislar tomonidan hal etilishinimalum qilgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0