Instagram kiberbullingga qarshi kurash sabab layklar hisoblagichini olib tashlaydi

Instagram layklar sonini yashirish funksiyasini sinovdan otkazmoqda, nazariyaga kora ushbu harakat foydalanuvchilar faolligini oshiradi. Bu haqda CNBC xabar bergan. Foto: CNNIchki tadqiqotlar haqida Instagramdagi mutaxassislardan biri CNBC nashriga malumot bergan va foydalanuvchilarning kamroq layk yiggan postni tezda ochirib tashlashi malum bolganini bildirgan. Taxminlarga kora, hisoblagichlar bolmasa foydalanuvchilar faollik bilan postlar yozib, ularning ommaviyligi haqida kamroq qayguradi. Ushbu nazariyani amalda qollagan Facebook rahbariyati kerakli natijaga erishgan.CNBC nashri Instagramning layklar hisoblagichlaridan voz kechishiga rasmiy sabab ham borligini yozgan. Instagram rahbari Adam Mosseri ushbu choraga kiberbullingga qarshi kurash maqsadida otilayotganini malum qilgan.Mavzuga doir: Suratlar ortidagi sirlar: Instagramdagi fotobloger eng omadli suratlarining sirini fosh etdi (foto) Instagram yangi foydalanuvchilardan yoshini soray boshladi. Endi 13 yoshdan kichiklar royxatdan ota olmaydi Instagram layklar sonini korsatishni toxtatishi mumkinligi haqida aprel oyida malum qilingan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar etiborini layklar soniga emas, balki ozlari elon qilayotgan video hamda fotomalumotlarga etibor qaratishi tarafdori bolmoqda.Mavzuga doir: Instagram rasmlarga qoyilgan layklarni yashira boshladi Instagram TikTokka oxshash Reels dasturini sinovdan otkazmoqda Layklar sonini yashirish funksiyasini ayrim davlatlarda test qilish boshlangan, noyabr ortalarida ushbu funksiya butun dunyoda sinovdan otkazila boshlandi.Bulling (inglizcha doq qilish, popisa qilish, zoravonlik) ijtimoiy mohiyati boshqalarni qorqitish, kamsitish, jismoniy va ruhiybosim qilish yoli bilan oziga boysundirib olish.Kiberbulling esa internet orqali virtual tarmoq foydalanuvchilarini, ayniqsa, yoshlarni haqoratlash, kamsitish va shu bilan birga, ularda bunday xatti-harakatlarga ragbat uygotish jarayoni.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0