“Real” 200 mln yevro daromad qilishga majbur. Klub qishda futbolchi sotadi

Madridning “Real” klubi ushbu mavsumdagi xarajatlarini qoplash uchun 200 million yevro daromad qilishi kerak, deya xabar qilmoqda Marca. Foto: MarcaMadridliklar klubi yozgi transfer oynasida Ferlan Mendi, Eder Militao, Eden Azar, Rodrigo Goes va Luka Yovich kabi futbolchilarni sotib olish uchun 350 million yevro sarflagan edi.Shu bilan birga “Real” Keylor Navas, Teo Ernandes, Markos Lyorente, Mateo Kovachich va Raul de Tomas kabi futbolchilarni sotishdan 150 million yevro ishlab olgan.UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari bo‘yicha, klubning xarajat va daromadlari orasidagi farq 100 million yevrodan oshmasligi zarur. Yo‘qsa jamoa tashkilot tomonidan jazoga tortiladi.Shu sabab “Real” qishki transfer oynasida bir qator futbolchilarini sotishni mo‘ljal qilmoqda. Avvalroq madridliklar klubi hujumchi Garet Beylni sotish tayyor ekani xabar qilingandi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0