Arsenal bosh murabbiyligiga asosiy nomzod kimligi aytildi

Unai Emerining istefosidan keyin Arsenal rahbariyati bosh murabbiylik lavozimiga turli nomzodlarni korib chiqmoqda. Foto: Yandex PhotosUshbu oringa hozirda Manchester Sitida Xosep Gvardiolaga yordam berayotgan Mikel Arteta asosiy davogar bolib turibdi, deya xabar qilmoqda The Telegraph.Biroq jamoa rahbariyati yangi bosh murabbiyni qachon tayinlash borasida bir qarorga kelgani yoq. Klub bu masalani yaqin orada hal qilishi yoki mavsum oxiriga qadar kutishi mumkin. Ayni damda kanonirlarni Fredrik Yunberg vaqtincha boshqarib turibdi.Malumot uchun, Arteta 20112016-yillar mobaynida Arsenalda top surgan. Ispaniyalik sobiq futbolchi londonliklar bilan Angliya Kubogi va mamlakat Superkubogida golib chiqqan.Arsenal 15-turdan keyin 19 ochko toplagan holda Angliya chempionati musobaqa jadvalida 10-orinni egallab turibdi.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0