Faqat suniy idrok uchun. LG yangi brendni tashkil etdi

LG Electronics kompaniyasi suniy idrok (SI) texnologiyasidan foydalangan holda 2018-yilda ishlab chiqariladigan barcha maishiy texnika, istemol elektronikasi va servislar uchun ThinQ brendi yaratilishi haqida elon qildi. ThinQning barcha mahsulotlari va xizmatlari chuqur organish usullarini qollash va turli SI-platformalar, jumladan, LGning DeepThinQ texnologiyasidan foydalanish orqali bir-biri bilan ozaro aloqada bolishi mumkin.LG birinchi marta suniy idrokka CES 2017 korgazmasida qiziqishini korsatib berdi va DeepThinQ texnologiyasini taqdim etdi hamda joriy yilda ishlab chiqarilayotgan premium-sinfdagi barcha qurilmalariga Wi-Fi orqali ulanish imkoniyatini qoshishga qaror qildi. Iyun oyida Seuldagi Bosh Texnik Ofis bazasida LG kompaniyasi suniy idrok laboratoriyasini ochdi, u SIni ovozli buyruqlar, tasvirlar va datchiklarni taniy oladigan, shuningdek, ular yordamida boshqariladigan hamda oqitiladigan texnologiyalardan foydalanish orqali toplangan tadqiqotlarni uygunlashtirish maqsadida tashkil etildi. LGning suniy idrok laboratoriyasi atrof-muhitni tahlil qiluvchi dunyodagi birinchi konditsionerni, shuningdek, aqlli muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari va changyutkich-robotlarni ishlab chiqishda ishtirok etdi.ThinQ brendidan maqsad LG intellektual texnikasi sizning hayotingizni yaxshiroq qilish maqsadida ishlashini korsatib berishdir. Suniy idrok bu texnologiyalardagi keyingi bekat. Biz maishiy texnika hamda istemol elektronikasini ishlab chiqarishda yetakchi bolganimiz holda, suniy idrokning qollanilishi yanada kengroq tarqalishi va kamroq xavotirga sabab bolishiga javobgarmiz, deydi LG Xalqaro marketing markazi rahbari Xan Chan Xi.912-yanvar kunlari CES korgazmasida LG pavilonining ThinQ zonasida 2018-yilda suniy idrok texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqariluvchi qurilmalarning keng assortimenti taqdim etiladi.Reklama huquqi asosida. dle 11.2
0