Urgutda 26 yoshli yigit ozaro janjal vaqtida 44 yoshli mahalladoshiga ogir jarohat yetkazdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidan yollangan murojaatda, H.X. ismli fermer hech kimga tinchlik bermasligi va hamma bilan janjallashishi, biron marotaba javobgarlikka tortilmaganligi, har doim yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlarini ishga solib suvdan quruq chiqayotganligi, bu esa oz navbatida aholi orasida norozigarchiliklarga sabab bolayotganligi haqida post qoldirilgan. Ushbu holat Ozbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan organib chiqildi. Foto: Google ImagesAniqlanishicha, Samarqand viloyat Urgut tuman Oroqboyjar mahallasida haqiqatan ham 63 yoshli H.X. ismli fermer yashab kelayotganligi, u ancha vaqtdan buyon bir yer maydoni boyicha ozining mahalladoshi 44 yoshli B.E. bilan janjallashib kelayotganligi malum bolgan.13-noyabr kuni taxminan soat 19:30 larda H.X. ozining ogli 26 yoshli O.X. bilan birgalikda, Urgut tuman Oroqboyjar mahallasi ichki yolida, mahalladoshi 44 yoshli B.E bilan navbatdagi janjal vaqtida, 26 yoshli O.K. qolidagi yogoch kaltak bilan B.E.ning tanasini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.Fuqaro B.E. olgan tan jarohatlari yuzasidan Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Otkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga kora B.E. ogir tan jarohati olganligi korsatilgan.Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman IIO FMB huzuridagi tergov bolimi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ortacha ogir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qozgatilgan hamda ekspertiza xulosasi olinganidan keyin jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan ogir tan jarohati yetkazish) ga qayta malakalangan.Shu tariqa internet tarmogiga joylashtirilgan malumot haqiqatga tola mos kelmasligi ayon boldi. Qonunga xilof ravishda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan har qanday shaxs javobgarlikka tortilib, jazoning muqarrarligi taminlanadi. Hozirda mazkur jinoyat ishi boyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0