Toshkent IIBBda xizmat vazifasini bajarayotganida halok bo‘lgan harbiylar xotira yodgorligi ochildi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida Toshkent shahar IIBBda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarga xotira yodgorligi ochildi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiTadbirga ichki ishlar organlari faxriylari, halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari taklif etildi.Yodgorlik taxtasiga halok bo‘lgan qahramonlarning rasmlari tushirilgan hamda ismlari yozilgan.Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayev tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligi bilan tabriklab, jinoyatchilarga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan hamkasblarini yod etish — Toshkent shahar IIBB xodimlarining hozirgi va keyingi avlodlarining muqaddas burchi ekanlgini ta’kidladi. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiAvvalroq yodgorlik taxtasiga mustaqillik yillarida xizmat vazifasini ado etayotganida halok bo‘lgan 28 nafar harbiyning ism-familiyasi yozilgan edi. Rekonstruksiyadan so‘ng yana to‘rt nafar harbiyning ismi qo‘shildi. Bular 1988-yilda “Uch qahramon” postida halok bo‘lgan qidiruv bo‘limi katta leytenanti Matkarim Matchonov, YPX inspektorlari Musa Hoshimov va Olimjon Asqarov, 1989-yilda Farg‘onada xizmat safari vaqtida mardonavor halok bo‘lgan Toshqul Suvonqulovlardir.Tadbir ishtirokchilari marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydi. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0