Mirzo Ulugbek Innovation Center IT Park‘ga qo‘shildi

Mirzo Ulugbek Innovation Center Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash markazi tugatilib, uning rezidentlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga o‘tmoqda. Bu Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatiQayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabr kuni bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.Unga muvofiq, IT sohani yanada takomillashtirish, raqobatbardosh va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratish, xorijiy mamlakatlar uchun IT-xizmatlarini taqdim etishni kengaytirish va IT mahsulotlarining sifatini yaxshilash rejalashtirilmoqda.Qayd etilishicha, ushbu qadam O‘zbekiston Respublikasida IT-madaniyatini va boshlang‘ich ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi va mahalliy IT-mahsulotlar sifatini yangi darajaga ko‘taradi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0