Messi La Ligada Ronalduning rekordini yangiladi

“Barselona” Ispaniya chempionatining 16-turida “Malyorka”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Foto: TwitterMazkur o‘yinda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi uchta gol urishga erishdi. Bu argentinalik futbolchi uchun La Ligadagi 35-het-trik bo‘ldi.Messi Ispaniya chempionatida eng ko‘p het-trik qayd etish borasida “Real” sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni (34 ta het-trik) ortda qoldirdi.Shuningdek, Messi Yevropa kuchli beshlik ligalari futbolchilari orasida ketma-ket 14 ta mavsumning har birida o‘ntadan ko‘p gol urgan ilk futbolchiga aylandi.Messi 16-turdan keyin 12 ta gol urgan holda chempionat to‘purari bo‘lib oldi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0