Toshkentda YPX inspektori mast haydovchini ushlash uchun unga qarata oq uzishga majbur boldi (video)

7-dekabrdan 8-dekabrga otar tunda taxminan soat 03:10 da Chilonzor tumanidagi Muqimiy va Baynalminal kochalari kesishmasida Labo rusumli avtomobilni boshqarib borgan haydovchi beton tosiqqa toqnashgan, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiYTH natijasida Labo avtomobili agdarilib ketgan. Haydovchiga yordam berish uchun IIBB xodimlari va hodisa guvohlari kelib, avtomobilni gildiraklariga onglab qoygan.Labo haydovchisi kabinadan chiqmas edi. Voqea joyiga birinchi bolib yetib kelgan PPX xodimi yol harakati xavfsizligi xizmatiga YTH haqida xabar berdi. Haydovchidan tibbiy yordam kerakligi haqida soramoqchi bolganida, PPX xodimi haydovchining gayritabiiy harakatlari va gaplariga hamda harakatlarida muvofiqlik yoqligiga etibor qaratib, bu haqda YPX inspektorlarini ogohlantirgan edi.Taxminga kora haydovchi psixotrop vositalar yoki spirtli ichimliklar tasiri ostida bolgan. Kutilmaganda haydovchi YTH joyiga yetib kelgan YPX inspektorlariga qarshilik korsata boshlab, tinchlanish va jamoat tartibini saqlash haqidagi chaqiruvlarga javoban tajovuzkorona harakatlar qilgan.Yonidagi pichogini chiqarib, kimda kim yaqinlashsa unga jarohat yetkazishi bilan qorqitardi. Otib ketayotgan haydovchi va piyodalar toxtab tomosha qila boshlaganlari sababli hodisa atrofida odam kopaya boshlagach, fuqarolar va xodimlar hayoti va sogligi uchun real xavf yuzaga keldi. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiShunda YPX inspektori kichik serjant T.O. tabel qurolini qollashga qaror qiladi. YPX inspektori bir necha marta haydovchini qurol qollashi haqida ogohlantirishiga qaramasdan, haydovchi ozini agressiv tutishda davom etib, xodimlarga pichoq sanchimoqchi bolgan. Shundan song YPX inspektori yoriqnomaga muvofiq harakat qilib, osmonga oq uzdi, bu ham qoidabuzarga tasir qilmaganidan song, uning oyogiga qarata oq ozdi. Faqatgina shundan song qoidabuzar pichogini tashladi. Uning qollari kishanlanib, tibbiy yordam korsatish uchun shifoxonaga yetkazildi.Haydovchining shaxsini aniqlash boyicha olib borilgan ishlar natijasida u Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam oldirish) va 109-moddalari (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) boyicha sudlangan 43 yoshli N.I. ekanligi malum boldi.Labo avtomobili salonida ochiq holatdagi aroq va konyak shishalari topildi. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiHozirgi vaqtda fuqaro N.I. oz harakatlarini tushuntirishga qodir emas, chunki u ayni damgacha mast holatdadir. Chilonzor tumani prokuraturasi N.I.ga nisbatan jinoiy ish qozgatilishi masalasi bilan shugullanmoqda. Toshkent shahar IIBB boshligi general-mayor Rustam Jorayev xodimlarni ragbatlantirish haqida topshiriq berdi, deyiladi xabarda.Qayd etilishicha, oqotar qurolni qollash Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari togrisidagi Qonunining 24-moddasi bilan belgilangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0