Foto: Dunyoning eng qorqinchli temir yollari

3000 metr balandlikdagi ingichka poyezd yoli. Dunyoning eng xavfli, uncha-muncha yolovchi deraza oldida otirib yolni kuzatib keta olmaydigan poyezd yonalishlari haqida hikoya qilamiz. Foto: APTren a las Nubes, Argentina1932-yilda qurilgan ushbu temir yolning nomi Bulutlar tomon olib boruvchi poyezd manosini beradi. Bunday nom berilishi bejiz emas. Poyezd haftada bir marta Argentinaning Salta shahridan yolga chiqadi. Yolovchilar 424 kilometr masofani 16 soatda bosib otadi. Temir yol iqtisodiy sabablarga kora barpo etilgan, lekin bugungi kunda faqat sayyohlar uchun xizmat korsatmoqda. Yol-yolakay tamaki maydonlari va tekislikdagi rancholarni tomosha qilish mumkin. Shuningdek, poyezdda 29 ta koprik va 21 tunneldan otiladi. Ulkan temir ulov La Polvorilla tog tizmasida 4200 metr balandlikda harakatlanadi. Tren a las Nubes dunyoda balandligi boyicha uchinchi orinda turuvchi poyezd yoli hisoblanadi. Foto: APOq dovon, Kanada va AQShni boglovchi Yukon yonalishiUzunligi 108 kilometrni tashkil qiluvchi yonalish Skaguey deb nomlanuvchi ulkan sayohat kemalari Alyaska porti hamda Karkrossni, shuningdek, Yukon viloyatining markazi Uaytxorsni boglab turadi. Ushbu ingichka temir yolning qurilishi Oltin vasvasasi davri oxirlari yani 1900-yilda yakuniga yetgan. Ushbu gayrioddiy yol antiqa balandlik-u pastliklari, onlab kopriklar va qoyalar yoqasidagi xavfli burilishlari bilan mashhur. Poyezdga otirgan odam muzliklar, toglar va sharsharalarni tomosha qilib tabiatdan zavq oladi. Foto: APNariz del Dyavolo, EkvadorNos Dyavolo yoli And toglarida Riobamba shahri va Palmirani ozaro boglab turadi. Temir yolning uzunligi 80 kilometrga yetadi. Bu yerlarda poyezd juda sekin yuradi va turistlar Vulqonlar manzarasini miriqib tomosha qilishi mumkin. Avval yolovchilarning poyezd tomiga chiqishiga ruxsat etilardi, biroq endi ushbu xizmat bekor qilingan. Iblis burni manosini beruvchi poyezd yoli Guyakil va Kitoni boglaydigan uzun yolning muayyan qismi hisoblanadi. Foto: APJorjtaundagi halqasimon temir yol, AQShJorjtaun halqa temir yolining uzunligi 5 kilometrni tashkil etadi. Ochilganiga bir asrdan ortiq vaqt bolgan yol hududning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri deya etirof qilinadi. Poyezdda Kolorado shtatidagi Jorjtaundan qoshni Silver-Plum shahriga yetib olish mumkin. Ushbu qisqa masofani bosib otishda poyezd 195 metr balandlikka kotarilib, yolovchilarni qisqa fursat bolsa ham toglar manzarasidan bahramand bolishiga sharoit yaratadi. Yol may oyidan dekabrga qadar ochiq boladi. Foto: APFlamsbanaNorvegiyadagi 20 kilometr uzunlikdagi temir yolda Mirdaladan 860 metr pastga Flem portiga tushiladi. Relslar shu qadar ozgaruvchanki, lokomotivlar ularda yurganda besh xil tormoz tizimidan foydalanishiga togri keladi. Yonalish davomida poyezd 20 ta tunneldan otadi, yolaklarning bittasi spiral shaklida. Flamsbana 1 ga 18 egiluvchanlikka ega dunyodagi eng keskin temir yollardan biri hisoblanadi. Bazan mayda toshlar va suv changi poyezd ichigacha kiradi. Foto: APOlim yoli, TailandBangkok va Myanmani boglaydigan ushbu 400 kilometr uzunlikdagi yol qurilishida 90 000 ming nafardan koproq ishchi va 16 000 ming nafar harbiy halok bolgan. Tarixiy qurilish haqida Kvay daryosining koprigi va bosh rolni Kolin Fert ijro etgan Qasos filmlari yaratilgan. Hozir Kanchanaburiga borgan sayyohlar ushbu poyezd yonalishida sayr qilishni xush koradi. Poyezd tik jarliklar atrofini aylanib, taxtadan qurilgan tor yolli kopriklardan otadi. Foto: APKambers va Toltek, AQShUshbu yonalishda qatnovni amlaga oshiradigan poyezdlar AQShdagi eng baland dovon hisoblanuvchi 3000 metr balandlikdagi Kabresda Chama shahridan Nyu-Meksikoga yolovchi tashiydi. Poyezd koplab halqalar, estakada va tunnellardan otadi, songra Toltek darasiga kirib yakunda Kolorado shtatidagi Antonito vokzaliga keladi. Foto: ALAMYBernina EkspressAlp toglaridan otuvchi eng baland temir yol. Mahalliy injenerlarning mehnati samara berib, Bernina Ekspress UNECOning Butunjahon madaniy meros obyektlari royxatiga kirgan. Sayohatchilar Shveysariyada Kur va Tirano boylab ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Yolovchilar yozda ochiq vagondan turib atrof-muhitni miriqib tomosha qiladi. Tunellar, chuqur daralar va jarliklar juda kop. Foto: AP/FotoliaKuranda, AvstraliyaUshbu yolning qurilishi 1891-yilda yakuniga yetkazilgan. Temir yol Kernsdan boshlanib Kuranda shahrigacha boradi. Poyezd 1 soat-u 45 daqiqa harakatlanadi va unda ketayotgan odam Berron sharsharasi, Korall dengizi va boshqa tabiat mojizalarini tomosha qiladi. Yol Barron-Gorj milliy bogi hududidan otadi, sharsharalar atrofi tropik ormonlar bilan qoplangan, yoldagi tunnellar soni 15 tani tashkil qiladi. Foto: AlamyPamban koprigi, HindistonPamban orolidagi Rameshvaram shahridagi temir yol Hindistonning qitada joylashgan hududini orol bilan birlashtirib turadi. 2 kilometr uzunlikdagi 143 ta iskalaga ega koprik 1914-yilda ochilgan. Bu yerda ham odamlar ajib manzaraning guvohi boladi. Rameshvaram hind ziyoratchilari uchun muqaddas shahar hisoblanadi. Foto: APUzoq shimolShotlandiya ichkarisidagi ushbu temir yol ham katta mashaqqatlar bilan qurilgan. Qurilish jarayoni botqoqlik hududida kechgani tufayli vertolyotlar yordamida materiallar tashilgan. Yol Yevropadagi eng katta tekis botqoqlikdan va Britaniya sahrolari yonidan otadi. Yovvoyi tabiatda bugular, dunlinlar va boshqa hayvonlarni kuzatish mumkin. Foto: AlamyHindiston toglaridagi temir yollarDarjiling Himolay temir yoli, Kalka-Shimla va Nilgiri yollari Hindiston Britaniya koloniyasi bolgan davrda qurilgan va muhandislikning sanat darajasidagi namunalari hisoblanadi. Har bir yonalishda relslar tog yanbagirlariga yotqizilgan, baland toglar manzarasi esa kishiga zavq bagishlaydi. Ushbu yollardan qatnaydigan poyezdlarda qulayliklar deyarli yoq, ular sekin harakatlanadi, lekin atrofning betakrorligi ushbu nuqsonlarni yuvib ketadi. Foto: APBambuk poyezdlari, KambojaKamboja hukumati nihoyatda sodda va ishonchsiz temir yollar haqidagi gap-sozlarga barham berish maqsadida bambuk va eski detallardan qurilgan oziga xos poyezdlar tarmogiga asos solgan. Ushbu antiqa poyezdlar soatiga 40 kilometr tezlikdan harakatlanadi va bir qatnovda onlab yolovchilarning uzogini yaqin qiladi. Yostiqli aravachalar Battambangdan bir soatlik yol hisoblangan qishloqqa qatnaydi. Antiqa transportning birgina noqulayligi, ikkita ulkan arava ozaro robaro kelganda yolovchisi kamroq bolgani odami koproq poyezdga yol berishi uchun relsdan odamlarning kuchi bilan olinadi. Foto: AlamyFunikulerlarHam simli ham relsda harakatlanuvchi transportga chiqish uchun ham jasorat bolishi zarur. Bu kabi yollar Shveysariya, Avstriya, Germaniya, Angliya va Yaponiyada mavjud. Suratdagi funikuler Chilining Valparaiso shaharchasida joylashgan. Foto: AP/Fotilia

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0